“O‘zbegim ” – xalq sayliga aylangan festival

Poytaxtimizning Saylgoh ko‘chasida “O‘zbegim ” milliy qadriyatlar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Xalq sayli ko‘rinishiga ega festivalda amaliy va tasviriy san’at namunalari namoyish etilmoqda, mahorat darslari, xalq o‘yinlari va tomoshalari, milliy rasm-rusumlar kabi qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

uzbegim

Festivalning eng yorqin hodisasi o‘zbek milliy taomi – palov tayyorlash jarayonida Guinness World Records vakillari bevosita ishtirok etmoqda. Ekspertlar tayyorlangan palovning miqdori bo‘yicha jahon rekordini qayd etadilar, uning miqdori deyarli 8 tonna bo‘ladi.

uzbegim 04

Mingdan ziyod mehmonlar, ya’ni festivalning barcha ishtirokchilariga O‘zbekistonning 50 dan ortiq oshpazlari tayyorlagan palovdan tatib ko‘rish imkoni yoqimli sovg‘a bo‘lishi shubhasiz. Umumiy hisobda palovni tayyorlash, tarqatish, tashkiliy ishlarida kunu tun 200 dan ortiq turli soha mutaxassislari mehnat qildilar. Ularni bir maqsad birlashtiradi – O‘zbekistonning boy va noyob madaniyatini butun jahonga namoyish etish.

uzbegim 05

Palovni tayyorlash uchun rekord miqdordagi masalliqlardan foydalanilmoqda. Xususan, 1 850 kilogramm go‘sht, 200 kilogrammdan ortiq dumba, 1 850 kilogramm guruch, 1 850 kilogramm sabzi , 200 kilogrammdan ortiq piyoz, 400 litrdan ziyod o‘simlik yog‘i va boshqa masalliqlar qo‘shilgan.

uzbegim 07

Palov diametri 4,2 metr, hajmi deyarli 8 ming litr bo‘lgan qozonda tayyorlanmoqda. Olmaliq kon-metallurgiya zavodida maxsus quyilgan qozonning og‘irligi 7070 kg, chuqurligi 1,5 metr. Qozon joylangan o‘choq esa 3 tonna og‘irlikka ega.

“Milliy” telekanal tomonidan bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan mazkur tantanali festivalda keng jamoatchilik va diplomatik korpus vakillari, xorijlik mehmonlar, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Festival jarayoni Saylgoh ko‘chasida o‘rnatilgan 20 dan ortiq ekranda namoyish etilayapti. Shuningdek, “Milliy” telekanali, Guinness World Recordsning Facebookdagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilmoqda.

Navro‘z NORBOBOYEV,

“Soglom.uz” muxbiri,

Muallif olgan suratlar

Yana o‘qing:  “Qisqa” yig‘ilishlar hujjatlarda nazarda tutilmagan

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: