Tadbiri borga sharoit bisyor

Bugun yurtimizda ishbilarmon xotin-qizlarning istiqbolli loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Quvonarlisi, tadbirkor ayollar aholi bandligini ta’minlash bilan birga iqtisodiyotimiz rivojiga munosib ulush qo‘shmoqda.

Mamlakatimizda bu boradagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. Ushbu hujjatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, iqtisodiyotni yuksaltirish, yangi ish joylarini ochish, aholi bandligini ta’minlash, shuningdek, xususiy tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish hamda yuritish uchun qo‘shimcha qulay sharoitlar yaratish maqsad qilib belgilangan.

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi Yangibozor qishlog‘ida tavallud topgan Gulruh Ergasheva ham ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Iqtisodchilar oilasida voyaga yetgan yosh tadbirkor hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olmoqda. Gulruh 2014 yilda “Taxmina” nomi bilan go‘zallik saloni tashkil etib, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlagan. Keyinchalik non va qandolat maqsulotlari ishlab chiqarish, tikuv sexi, to‘y liboslari, kompyuter xizmatlarini ham yo‘lga qo‘ydi. Korxonada ishlovchilar soni 2015 yilda 7 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, bugunga kelib kelib bu raqam 16 nafarga yetdi.

– Kelajak uchun ko‘plab istiqbolli rejalar tuzganman. Nasib bo‘lsa tadbirkorlik faoliyatimni kengaytirib, xizmat turlarini 12 taga yetkazmoqchiman. Ish o‘rnini yana 10 taga ko‘paytirib, kollej bitiruvchilari bandligini ta’minlash niyatim bor, – deydi yosh tadbirkor. – Jumladan, o‘quv markazi tashkil qilib, viloyatimizning eng chekka tumanlarida uning filiallarini ochish, chet el investitsiyalarini jalb qilib, milliy ipak mato yaratish, choyshablar ishlab chiqarish va korxona hisobidan xayriya ishlarini amalga oshirishni rejalashtirganman.

Bugun yurtimizda xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi faolligini oshirish, ularning tadbirkorlik borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bisyor. Bundan tashqari mamlakatimizda tadbirkor ayollar uchun turli seminar-treninglar o‘tkazilmoqdaki, bundan ko‘zlangan asosiy maqsad ham ishbilarmon xotin-qizlarga keng sharoitlar yaratishdir. Jumladan, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi, Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va yana bir qancha davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etilayotgan “Mahorat darslari” tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan ayollarga o‘z faoliyatlarini yanada rivojlantirishiga turtki bo‘lmoqda.

Charos ERKIN qizi

Yana o‘qing:  Oromgohlar bolalarni chorlaganda...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: