Yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi

Navoiy viloyatining Juzquduq ovuli Uchquduq tumanining chekka hududlaridan. Eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayramining 26 yilligi munosabati bilan ovulda 2-umumta’lim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Ta’lim maskanining tantanali ochilish marosimida Qozog‘iston Respublikasining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Yerik Utembayev va boshqalar O‘zbekistonda yoshlarning zamonaviy ta’lim va kasb-hunar sirlarini puxta egallashi, xorijiy tillarni o‘rganishi uchun barcha sharoitni yaratishga qaratilayotgan doimiy e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Qizilqum cho‘llarida o‘zbek va qozoq millatiga mansub aholi ahil-inoq yashab, yurt ravnaqi yo‘lida hamjihatlikda mehnat qilayotgani bunday ezgu ishlar samaradorligini yanada oshirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Zamonaviy maktab qozoq va boshqa xorijiy tillardagi zarur darslik va adabiyotlar bilan ta’minlangan. Kompyuter xonasida o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya vositalaridan keng foydalanishi uchun barcha sharoit mavjud. Sinf xonalar zamonaviy tarzda jihozlangan.

Yana o‘qing:  Samarqandda elektron poliklinika ishga tushdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: