Toshkentda tayyorlanadigan rekord palov 14 ta joyda tarqatiladi
8 sentyabr kuni Toshkentda Milliy telekanali jamoasi tomonidan tashkil etilayotgan “O‘zbegim” Milliy qadriyatlar festivali bo‘lib o‘tadi.
Festival doirasida 8 tonnaga yaqin rekord palov tayyorlanadi. Palovning rekordini qayd etish uchun Guinness World Records vakillari taklif etilgan.
Festival tashkilotchilari ma’lum qilishicha, tayyor palov “Muruvvat”, “Saxovat”, qariyalar va nogironlar uylariga, shuningdek, festival mehmonlariga tadbir hududidagi 14 ta joyda tarqatiladi.
Palov tayyorlanadigan hudud sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish maqsadida to‘sib qo‘yiladi. Jarayon esa festival o‘tkaziladigan hududga o‘rnatilgan 17 ta ekranlarda namoyish etib boriladi. Osh damlash jarayoni, shuningdek, Milliy telekanali, uning mobil dasturi hamda Guinness World Records’ning Facebook’dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.
Osh tarqatish uchun o‘rnatilgan qozonlar va translyasiya uchun o‘rnatilgan monitorlar joyi ro‘yxati:
Xalqaro keramika bog‘i (mo‘ljal: Markaziy bank)
“Poytaxt” savdo markazi atrofi
“Aloqabank” yonida (mo‘ljal: Amir Temur xiyoboni)
“Bolajon” istirohat bog‘i (mo‘ljal: Xalq banki binosining orqa tomoni)
“O‘zbekiston” Forumlar saroyi oldidagi maydon
“O‘zbekiston” mehmonxonasi oldidagi maydon
Temuriylar tarixi davlat muzeyi old tomonidagi maydon
Temuriylar tarixi davlat muzeyi orqa tomonidagi maydon
City Palace mehmonxonasining orqa tomoni
Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasi yonidagi avtoturargoh
Simpoziumlar saroyining orqa tomoni
A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydon
Yoshlar ijod saroyi oldidagi maydon
Sayilgoh va Amir Temur ko‘chalari kesishmasi