Loviyali shilpildoq
Kerakli masalliqlar: Un, tuxum, 1 dona piyoz, 2 dona pomidor, 250 gr qiyma kerak bo‘ladi.
Tayorlanishi: 1 dona tuxum qo‘shim xamir qorilib tindirib qo‘yiladi. So‘ngra qozonga yog‘, piyoz, qiyma, pomidor, loviya va ko‘katlar solib, ozgina suv qo‘shib dimlanadi. Loviyasi yetilguncha pishiriladi. Undan keyin tayyor bo‘lgan xamirimizni olib yoyamiz va to‘rtburchak shaklida kesib olamiz. Xohishingizga qarab kesilgan xamirni “babochka” shaklida tugushingiz ham mumkin. Alohida qozonga suv va tabga ko‘ra tuz solib xamirlar qaynatib olinadi. Pishgan xamirlarni laganga solib, ustidan tayyor bo‘lgan loviyali qaylani quyib dasturxonga tortishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
Charos Xushvaqtova tayyorladi.