Qizil loviya va lavlagili salat

Barchaga ma’lumkiy loviya shifobaxshligi, turli kaloriyalarga boyligi bilan go‘shtga tenglashtiriladi. U insonni to‘q saqlaydi, o‘smalar chiqishining oldini oladi, tanadagi zaharli moddalarni haydaydi. Lavlagi esa umumiy quvvat tiklovchi, me’da-ichak tizimi faoliyatiga ijobiy ta’sir etuvchi, hamda moddalar almashinuvini yaxshilab, kamquvvat kishilar salomatligini tiklovchi sabzavot hisoblanadi. S darmondorisi mis, fosfor kabi moddalarga ham boy. Shu sabab ulardan tayyorlangan salat inson organizmini vitaminlar bilan boyitish bilan birga unga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Uni quydagicha tayyorlashingiz mumkin.

Zarur masalliqlar: 1 piyola qayntilgan qizil loviya, 2 dona qaynatilgan o‘rtacha kattalikdagi qizil lavlagi, 1 dona o‘rtacha kattalikdagi piyoz kerak bo‘ladi.

Tayyorlanishi: Idishga qaynatilgan qizil loviya, qirg‘ichdan chiqarilgan lavlagi va qovurilgan piyoz ozgina salat yog‘i qo‘shib aralashtiriladi. So‘ngra tabga ko‘ra tuz qo‘shib dasturxonga tortishingiz mumkin.

Charos Xushvaqtova tayyorladi.

Vam mojet takje ponravitsya...

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: