Qiziqarli 15 fakt
- Klinomaniya – uyquga bo‘lgan o‘ta talabchanlik, va shu bilan bir qatorda uyqudan turishga dangasalik qilib, uzoq vaqt o‘rnidan tura olmaslik.
- Finlandiyada internetga qaram bo‘lgan erkaklar armiyaga qabul qilinmaydi.
- Vitamin V17 saraton xastaligi davolash xususiyatiga ega. U o‘rik, shaftoli, olma, gilos, olxo‘ri danaklari tarkibida mavjud.
- Ko‘pchilik bolalar 2 yoshgacha ko‘z yoshi to‘kib yig‘lashmaydi.
- 99 foiz insonlar eski xatlarni o‘qishni xush ko‘rshadi. Ular buni o‘sha vaqtlarda qanday yozgan ekanligidan hayratga tushishadi.
- Emotsional og‘riq 12 daqiqa davom etadi, qolgani esa o‘z-o‘zini ovutish bilan yakun topadi.
- Ezgulik – bu tilni kar eshitishi, ko‘r ko‘rishi mumkin.
- 7 sekund davomida bir chaqaloq dunyoga keladi.
- “Paynberri” – ananas ta’mli, oq rangli qulupnay.
- Insonlar dunyoqarashlariga qarab musiqa tanlashadi.
- Grechka juda foydali mahsulot. Ammo u oshqozonni tozalash xususiyatiga ega ekanligidan hamma ham bilavermaydi.
- Homilaning yuragi 22-23 kunlikdan ura boshlaydi.
- Makadamiya dunyodagi eng qimmat yong‘oq sanaladi.
- Tadqiqotlarga ko‘ra, 70 foiz insonlar birovlarning gap-so‘zlariga qarab ish yuritadilar. Faqat 30 foiz insonlargina o‘zlarining shaxsiy fikrlariga suyanadilar.
- Azov dengizi dunyodagi eng mitti dengiz sanaladi. Uning eng chuqur joyi 13,5 metrdan oshmaydi, o‘rtacha chuqurligi esa 7,4 metr sanaladi.
Xurshida HUSENOVA