Farzandingizni to‘g‘ri tarbiyalayapsizmi?

O‘sib kelayotgan avlodni tarbiya qilish nihoyatda mas’uliyatli va ko‘p mehnat talab qiladigan jarayondir. Har bir ota-ona farzand tarbiyasiga o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda yondashishi ham bor gap. Tajribasi yo‘qlarga esa farzandlarni qanday tarbiya qilish borasida maslahat va ko‘rsatmalar beradigan ko‘plab adabiyotlarni topish mumkin. O‘z farzandlariga yaxshi tarbiya berishga intiladigan va sevimli ota-ona bo‘lish istagidagi juftliklarga quyida bola tarbiyasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasini hisobga olgan holda tayyorlangan maqola havola etiladi.

Ommaviy madaniyatni targ‘ib etadigan filmlarda ko‘pincha biz bolalar muammosi holdan toydirgan yosh juftliklarning rohat-farog‘atsiz hayot kechirayotgani sahnasini ko‘rishga o‘rganib qolganmiz. Ammo Kaliforniya universiteti olimlari bu mutlaqo xato ekanligini tasdiqlashdi. Olimlarning tadqiqotiga ko‘ra, vaqtlarini bolalari bilan o‘tkazadigan juftliklar farzandi yo‘q juftliklarga nisbatan ancha ham baxtliroq ekan. Farzandlari bilan muloqot qiladigan ota-onalar shunday ko‘p ijobiy hislarga ega bo‘lar ekanlarki, bunday hislarni boshqa hech bir mashg‘ulot berolmas ekan.

Olimlarning fikricha, bolalarga altruistik munosabatda bo‘ladigan ota-onalar nihoyatda baxtiyor ekanlar. O‘z farzandlarining muammolariga ko‘proq e’tibor berib, farzandlarining muammosini o‘zlarinikidan ustun qo‘yadigan ota-onalar o‘zlarini nihoyatda kerakliday his qilishar ekan. Bolaning qiziqishlariga e’tibor berish kattalar hayotiga yangi mazmun baxsh etishi bilan bir qatorda salbiy hislarning yo‘qolishiga turtki bo‘ladi. Bola tinch bo‘lsa, ota-ona xotirjam bo‘ladi, deyilgan gaplar oriy rost bo‘lib chiqdi.

Biroq bola ulg‘ayib voyaga yetgan paytda unga altruistik munosabatni haddan ziyod berish bolaga ancha zararli ekan. Haddan ziyod e’tibor bolada mustaqil bo‘lishga, hayotga moslasha olmaslikka sabab bo‘ladi va bolada tushkun kayfiyatni hosil qiladi. Bola voyaga yetar ekan, unga nisbatan ham me’yorida e’tibor berish yaxshi.

Yuqorida aytilgan faktlarga qo‘shimcha tarzda shuni bayon qilish lozimki, bolaga bo‘lgan muhabbat mutaassiblik darajasida bo‘lmasligi kerak. Bunday munosabat ham bolaga, ham ota-onaga nihoyat darajada zararli. Haddan ziyod mehribonlik, o‘z istaklaridan bola istaklari uchun voz kechish, ota-onalarda tushkunlik kayfiyatini, hayotdan qoniqmaslik hissini yuzaga chiqaradi. Farzandlarni yaxshi ko‘rish va ularga muhabbat berish kerak, ammo mutaassiblik darajasida emas.

Mehribonlikning yana bir boshqa tarafi boladan qattiq tartib-intizomga amal qilishni so‘rashdir. Ota-onalar bilan farzandlarning bir-biriga yaqinligi bo‘lishidan qat’i nazar, bolaga baqirish va og‘zaki tanbehlar bolalarda tushkunlikni yuzaga keltiradi. Shuningdek, bolani so‘kish, qattiq tanbeh berish uning xulqi tuzalishini kafolatlamaydi, aksincha yanada yomonlashishiga olib keladi. Bu AQSHdagi olimlarning o‘z xulosalarini Child Development jurnalida nashr etganlaridan so‘ng ma’lum bo‘ldi.

Yana o‘qing:  ER YIGIT – YURT POSBONI

Londondagi psixologlar bola uch yoshga to‘lgan davrdan boshlab besh yil mobaynida bola ruhiyati va xulq-atvorini o‘rgandi. Tajribalar natijasida bolaga muntazam uyqu nihoyatda zarurligi aniqlandi. Uyquning yetishmasligi bolada kognitiv qobiliyat so‘nishi va oqibat bolada matematikaga, o‘qishga , fikrlashga bo‘lgan moyillikning yo‘qolishiga olib kelishi aniqlandi. Uyqu rejimining to‘g‘ri tashkil etilishi bolaning aqliy qobiliyatiga ijobiy ta’sir qiladi.

Oiladagi o‘zaro munosabatlarning samimiyligi va ahilligi birgalikda uy ro‘zg‘or ishlarini bajarish orqali yuzaga keladi. Xo‘jalik ishlarini to‘g‘ri taqsimlash va bir paytda birgalikda bajarish bolaning ruhiyati va oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarga qulay sharoit yaratadi.

Oynai jahon hayotimizga ko‘p yangiliklarni olib kirishi bilan birga bola shaxsining shakllanishiga ko‘plab salbiy ta’sirlarni ham o‘tkazadi. Bu nafaqat bola ruhiyatiga, balki aqliy rivojlanishiga ham ta’sir etadi. Monreal universitetida olib borilgan tadqiqotlar natijasida besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning haddan ziyod zangori ekranga mukkasidan ketishi ularda lug‘at boyligining kamayishiga, bolada matematik qobiliyat va fikrlash salohiyatining yomonlashishiga olib kelishini aniqlandi.

Agar siz jismoniy tarbiya mashqlari bolaga hech ham naf keltirmaydi deb o‘ylaydigan ota-onalar toifasidan bo‘lsangiz, Shotlandiyadagi olimlar tadqiqotlari bilan tanishganingiz ma’qul. Muntazam badantarbiya bilan shug‘ullangan 11 yoshli bolalarni kuzatgan olimlar bolalarning aniq va ijtimoiy fanlarni o‘zlashtirishiga ijobiy ta’sir qilganligiga guvoh bo‘ldi.

Farzandlar tashqi ko‘rinishi va xarakteriga ko‘ra ota-onalariga o‘xshashlikni takrorlamaydi va yangi tug‘ilgan bolalarning ajoyib qobiliyatlari ham turlicha bo‘ladi. Ulardan sizga o‘xshashligini kutish — to‘g‘ri emas. Hattoki, bir oilada tug‘ilgan aka singillar bir genetik kodga ega bo‘lsa-da, turlicha ijtimoiy, iqtisodiy sharoitda bo‘ladi. Bularning barchasi individium shaxsiyatini yuzaga kelishiga va har bir bola o‘ziga xos betakror bo‘lishiga imkon beradi.

Manba: sof.uz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: