2017 yil 5 sentyabr: O‘zbekistonda 1 AQSH dollarining rasmiy kursi 8100 so‘mga teng

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining milliy valyutani chet el valyutasiga nisbatan kursini o‘rnatish to‘g‘risidagi axboroti, mazkur bankning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2017 yil 2 sentyabrda imzolangan farmoniga asosan valyuta bozorini yanada liberallashtirish sohasidagi davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini o‘rnatishda faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llashdan iboratdir.

2003-2017 yillarda kursni shakllantiruvchi omillar dinamikasining tahlili asosida, shuningdek banklar tomonidan importyor korxonalarga shartnomaviy kurs bo‘yicha chet el valyutasini sotishning sinov savdolari natijalarini inobatga olgan holda, bugungi kunda valyuta kursining muvozanat darajasi hisob-kitoblarga ko‘ra, 1 AQSH dollari uchun 8000-8150 so‘mni tashkil etmoqda.

Shu munosabat bilan, Markaziy bankning valyuta kursi 2017 yilning 5 sentyabridan boshlab 1 AQSH dollari uchun 8100 so‘m darajasida o‘rnatilmoqda.

Markaziy bankning kursi, avvalgidek, har dushanba kuni o‘tgan hafta davomida valyuta birjasida o‘tkazilgan savdolarda qayd etilgan kurslarning o‘rtacha qiymati darajasida belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi hududida buxgalteriya hisobi, statistika hisoboti hamda boshqa hisobot maqsadlari uchun, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash uchun ishlatiladi.

Chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha banklararo savdo sessiyalari O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida har kuni o‘tkazilib, bunda valyuta kursi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifning joriy nisbati asosida aniqlanadi hamda valyuta birjasining saytida e’lon qilib boriladi.

Yana o‘qing:  Qizlarimiz Osiyo chempionati finalida

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: