Miyani skaner qilish orqali yurak kasalliklarini oldindan aniqlash mumkin

Pittsburg universiteti olimlarining so‘zlariga qaraganda, ruhiy siqilish paytida miyani skaner qilish insonga yurak kasalliklari xavf solish-solmasligini oldindan aytib berish imkonini beradi. Bezovtalik va stress holatidagi miya faoliyatining belgilangan sxemasi arteriyada qon bosimining ortib ketishi bilan bog‘liqligi aniqlandi.

Tadqiqotda 30 yoshdan 51 yoshgacha bo‘lgan 157 nafar erkak va 153 nafar ayol qatnashdi. Ishtirokchilar stressga olib keluvchi murakkab topshiriqlarni bajarishdi. Bu vaqtda olimlar ularning miyasini tekshiruvdan o‘tkazdi. Shuningdek, ishtirokchilarning arteriya bosimi va yurak ritmi ham nazorat qilib borildi. Toshiriqni bajarishdan oldin ularning arteriya qon bosimi me’yorida edi.

Topshiriqdan so‘ng aksariyat qatnashchilarda arteriya bosimi va yurak ritmi biroz ko‘tarildi. Tadqiqotchilar odamlar orasidagi farq bilan ham qiziqdi. Miya faoliyati sxemasi orqali ba’zi ishtirokchilarda yurak ritmi va arteriya bosimidagi o‘zgarishni oldindan aytib berish mumkin bo‘ldi. Lekin bu sxema ishtirokchilar ko‘rsatkichlaridagi 10 foiz farqnigini ko‘rsatib bera oldi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  O‘ng biqinda sanchiq paydo bo‘lishi nimaning asorati?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: