Olimlar bosh suyagi ichidagi bosimni kamaytirishning g‘aroyib usulini topdi

Bringem universiteti olimlari odatda semirish yoki 2-turdagi diabet kasalligiga yo‘liqqan bemorlarga yozib beriladigan preparatdan bosh suyagi ichi bosimini pasaytirishda ham foydalanish mumkinligini aniqladi.

Yuqori bosim travma, gidrotsefaliya (bosh suyagi bo‘shlig‘ida suv to‘planishi) va gipertoniya oqibatida yuzaga keladi. Bosh suyagi ichidagi bosim ko‘tarilib ketsa, insonning boshi chidab bo‘lmas darajada og‘riydi, ko‘rish nervlari qattiq qisiladi (25 foiz odamlarda ko‘rish qobiliyati pasayib ketadi).

Ekstendin-4 preparati tibbiy amaliyotlarda ko‘pdan beri qo‘llanib keladi. Mutaxassislar tajribalar o‘tkazib, bu preparatning bosimni taxminan 44 foizga pasaytirishi va o‘z ta’sirini kamida bir sutka saqlab qolishini aniqladi. Bundan tashqari, olimlar u boshqa muammolarga, masalan insultga qarshi kurashda ham yordam berishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  SARATONDAN HIMOYa QILUVCHI MAHSULOTLAR

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: