Ham qulay, ham bexavotir
OwnFone kompaniyasi tomonidan 4-9 yoshli bolalar uchun telefonlar ishlab chiqarilishini hamma ham bilmasa kerak. Ushbu telefon apparatining kattaligi plastik kartochkalari kabi bo‘lib, uning og‘irligi bor-yo‘g‘i 40 grammdir. Undan faqatgina telefon qilish va qo‘ng‘iroqlarni qabul qilish mumkin.
Shuningdek, telefonda displey ham yo‘q va uning o‘rniga 12 tagacha bolaning ota-onasi, yaqin do‘stlari hamda tez yordam xizmati raqamlarini saqlab qo‘yish imkoniyati mavjud. Bu degani bolaning telefonida faqatgina ota-onasi saqlab qo‘ygan maksimum 12 kishining raqami bo‘ladi, xolos. Ushbu raqamlarni faqatgina bolaning ota-onasi saqlab qo‘yishi mumkin.
«1stFone» deb nomlangan ushbu telefon apparati ishlab chiqaruvchilarining ta’kidlashicha, undagi turli xizmatlar (SMS, MMS, internet)ning yo‘qligi bolani turli «axborot xurujlari»dan himoya qilish uchun qulay. Shuningdek, telefonning yuqori qismida gadjet ovozini ko‘tarish va pasaytirish tugmasi hamda qo‘ng‘iroqlarga javob berish tugmasi mavjud, xolos.
Nodira O‘RMONOVA tayyorladi