Olxo‘ri ovqat hazm qilinishini yaxshilaydi

  • Olxo‘rining vatani Sharqiy Kavkaz va Kichik Osiyoning keng hududlari hisoblanadi. Hozirgi kunda uning yuzdan ortiq turi ma’lum. Olxo‘ri uzoq shimol va ekvator mintaqasidan tashqari hama joyda xonaki va yovvoyi tarzda o‘sadi.
  • Yovvoyi olxo‘ri nordon bo‘lgani uchun pazandachilikda kam qo‘llaniladi. Uning daraxti manzara yoki buta devor qilish uchun ekiladi.
  • Yirik, shirin olxo‘ri odatda ovqatga xomicha ishlatiladi. U mevali salat, pishiriq, muzqaymoq va boshqa desert taomlarga qo‘shiladi.
  • Olxo‘ridan go‘shtli ovqatlar uchun ham foydalaniladi. U ovqatga o‘zgacha ta’m beradi.
  • Nordon va mayda olxo‘rilar sharbat, qiyom, shinni va marmelad tayyorlashda ishlatiladi.
  • Olxo‘rining oq, sariq, yashil, pushti, yumshoq, qattiq, shirin, nordon kabi navlari bor.

  • Yangi va quritilgan olxo‘ri ovqat hazm qilinishini yaxshilash va ich surish xususiyatiga ega.
  • Mazasidan qat’i nazar barcha olxo‘ri tarkibida antioksidantlar, organik kislotalar, shakar (saxaroza, fruktoza, glyukoza) va sellyuzalar ko‘p bo‘ladi. Shuningdek, u A, S vitaminlari, kalsiy, fosfor, kaliy, temir elementlariga boy.
  • Xitoy va Yaponiyada tuzlangan olxo‘ri qoqilari ham ommalashgan.
  • O‘rta asrlarda olxo‘ri daraxtining tanasidan ajralib chiquvchi yelimdan qo‘lyozmalar uchun siyoh tayyorlashda foydalanilgan.
  • Olxo‘rining kaloriya darajasi – 49 kkal.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  “GULSHANI ODAM SAMARI SO‘ZDURUR”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: