Qo‘ziqorinli pirog
Kerakli mas’hsulotlar: 300 gramm qo‘ziqorin, 3 dona piyoz, 1 bo‘lak sarimsoq, 5 g shakar, ozgina murch, 7 dona kartoshka, 2 ta qovurilgan tuxum, 30 g o‘simlik yog‘i, 10 g zira.
Tayyor bo‘lish vaqti: 1 soat
Miqdori (porsiyasi): 4
Tayyorlanishi:
- Dastlab qo‘ziqorinlar 30 daqiqa suvda qaynatib olinadi, keyin sarimsoq va piyoz qo‘shib o‘simlik yog‘ida 15 daqiqa qovuriladi. Qovurilgan qo‘ziqorinlar pichoq bilan maydalab kesiladi.
- Qo‘ziqorinning ustiga sabzi va piyoz solinadi. Qovurish paytida tuz va 5 g shakar qo‘shiladi.
- Kartoshkani qaynatib pishiriladi va eziladi, 2 ta tuxum oqi, tuz va murch qo‘shib kartoshka xamiri qoriladi.
- Kartoshka pyuresining yarmiga yog‘ surtilib tekislanadi. Ustiga qovurilgan qo‘ziqorin qo‘yiladi. Ularning ustiga esa piyoz qo‘shib qovurilgan sabzi joylashtirilib, hosil bo‘lgan pirog qatlamlari zichlanadi.
- Pirogga yog‘ surtiladi va duxovkada 220 S° gacha issiqlikda 25–30 daqiqa pishiriladi. Pirogning pishish vaqti uning bo‘yiga bog‘liq. Pirog qancha qalin bo‘lsa, shuncha ko‘p vaqt ketadi.
- Tayyor bo‘lgan pirogga qaymoq surtilib, ustiga ko‘kat sepiladi.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.