Oq loviyali sho‘rva

Kerakli masalliqlar: 0,5 kg mol go‘shti, 1 dona piyoz, 1 dona sabzi, 2 dona kartoshka, 1 bog‘ ukrop, ta’bga ko‘ra tuz, 2 litr suv.

Tayyor bo‘lish vaqti: 2 soat

Tayyorlanishi:

  1. Loviyani oldindan kam miqdordagi suvda qaynatib olinadi.
  2. Qozonga go‘sht, piyoz va suv solib qaynatiladi, sho‘rva yuzasiga ajralib chiqqan ko‘piklar olib tashlanadi. 40 daqiqaga yaqin qaynatiladi.
  3. Vaqt o‘tgandan so‘ng sho‘rvaga maydalangan sabzi, keyin kubikcha shaklida qirqilgan kartoshka solinadi.
  4. 15 daqiqa o‘tib kartoshka yumshagach, pishirilgan loviya va ta’bga ko‘ra tuz qo‘shish mumkin. So‘ngra 10–15 daqiqa past olovda qaynatiladi. Undan keyin yana 15 daqiqa dimlab qo‘yiladi.
  5. Tayyor bo‘lgan sho‘rva suzilib, ustiga ukrop sepiladi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

Yana o‘qing:  Immunitetni qanday oshiramiz?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: