Kristall holatidagi xolesterin – yurak hurujiga olib keluvchi asosiy omil
Muaxassislarning so‘zlariga qaraganda, yurak xurujini aniqlash oson ish emas. Uning alomati haqida juda kamchilik xabardor. Yaqinda Michigan universiteti xodimlari yurak arteriyasining berkilib qolish sabablarini topish maqsadida tadqiqot o‘tkazdi.
Tomirlarning to‘silishiga kristall shaklidagi xolesterin sabab bo‘lishi isbotlandi. Xolesterinning bu ko‘rinishi bemorlarni tez yordam orqali davolashga yotqizish jarayonining 89 foiz holatlarida kuzatildi. Ilgargi tekshiruvlar xolesterin suyuq holatdan qattiq va krisstall holatiga o‘zgarish xususiyatiga ega ekanini ko‘rsatgandi.
U hajm jihatdan ham o‘zgaradi, ya’ni kattalashib boradi. Arteriya ichida xolesterinning kattalashuvi tomir faoliyatini to‘xtatishi yoki qon aylanishini to‘sib qo‘yishi mumkin, bu esa yurak xurujiga olib keladi. Ajablanarli jihati, xolesterin arteriya devori orqali uning ichiga kirishi, hatto bevosita yurakning o‘ziga yetib borishi ham mumkin.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.