Ko‘zlar rangida yashirin sirlar

Har bir kishining o‘zgalar bilan so‘zlashish ohangi, muomalasi, yuz tuzilishi yurish-turishi, hattoki egnidagi libosining rangi ma’lum ma’noda uning qanday inson ekanligi haqida darak beradi. Ammo eng asosiy ma’lumotni ko‘zlarning qanday rangda ekaniga qarab bilib olish mumkin ekan.

Astrologlarning ta’kidlashicha, odam ko‘zida u qaysi burj ostida dunyoga kelishi bilan bog‘liq his-hayajon va nimalarga qodir ekanligi ham ifodalangan bo‘ladi. Zamonaviy ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra har bir kishining ko‘z rangi betakror ekan.

Qora ko‘z egalari kuchli energiyaga ega, ular qat’iyatli, tashabbuskor va tinib-tinchimas xarakterli bo‘lishadi. Ko‘zlarining qoraligi ularning ehtirosli va kuchli muhabbat egasi ekanidan dalolat beradi.

Bunday kishilarni yoqtirgan ishi yoki sevgan kishisi oldida hech qanday to‘siqlar to‘xtata olmaydi. Shunga qaramay, ularning telbaligi nafaqat g‘alaba quvonchi, balki shoshilinch qaror qabul qilish natijasida ko‘ngilsizlik olib kelishi mumkin.

Jigar rang ko‘zlar egasiga tabiat tomonidan atrofdagilarning e’tiborini jalb qilish, sezgirlik hamda o‘tkir aql in’om etilgan. Ular mijozi kuchli odamlar toifasidan. Ular juda jizzaki bo‘lsalar-da, xafagarchilikni tez unutadilar. Kamdan-kam holatlarda uchrab turadigan injiqlikni ularning kamchiligi deyish mumkin. Astrologlarning so‘ziga qaraganda jigar rang ko‘z egalari (Quyosh va Venera hamda Saturn sayyoralari quvvati aralashmasi) o‘zgalar bilan nihoyatda kirishimli, mehr-muhabbatga boy bo‘lishar ekan. Ammo ular qanday tez yongan bo‘lsalar, shunday tezlikda soviydilar.

Och jigar rang ko‘zegalari tortinchoq, yolg‘izlikka moyil, orzularga beriluvchan bo‘lishadi. Ularni dasturlovchi deb hisoblash mumkin. Aynan ana shu qobiliyat ularni mehnatsevar va harakatchan bo‘lishga undaydi. Ularga har doim suyansa bo‘ladi. Chunki, hech qachon sizni uyaltirib qo‘yishmaydi. Bunday ko‘z egalari barcha muammolarni o‘ziga ishongan holda mustaqil ravishda bajarishga harakat qiladilar. Odatda ular hayotda katta muvaffaqiyatlarga erishadilar. Ammo tashqi ta’sirni ko‘tarolmaydilar. Astrologlar och jigar rang ko‘z egalari (Quyosh va Venera sayyoralari quvvati aralashmasi) juda ta’sirchan bo‘ladilar, deb hisoblamoqda. Ular xafagarchiligini boshqalarga bildirmaydi va omadsizlikdan juda qattiq kuyinishi mumkin.

Ko‘k rangli ko‘z egalari (Venera sayyorasiga tegishli) – ularda romantika, ehtiros hamda fahm-farosat kuchli bo‘ladi. Ular kutilmaganda o‘z fikrini tez o‘zgartirishi mumkin. Jo‘yali qilib aytganda bunday kishilarda boshqa xususiyatlardan tashqari odillik hissiyoti ustunroq. Ular nihoyatda rostgo‘y bo‘lganlari uchun ham ba’zan o‘ziga zarar bo‘lsa-da haqiqatni himoya qilishga tayyor turadilar. Kamchiligi – dimog‘dor va manmanligida. Bunday kishilar urushqoq, bahsni yaxshi ko‘radigan, shoshqaloq, har doim ham o‘zgalar muammosini tushuna olmaydilar. Bu toifa kishilar (Venera sayyorasi bilan Oy quvvati aralashgan)ga qat’iyatlilik hamda sertakalluflik xosdir. Shu bilan birga o‘z injiqligiga beriluvchan, kayfiyati esa kutilmagan bahor shabadasi kabi o‘zgaruvchandir. Ko‘k rangli ko‘z egalari qalban dilsiyohlikni kechirgan bo‘lsalar-da tabiatan esda saqlab qoladilar.

Yana o‘qing:  “Bo'lar bola boshidan...”

Moviy rang ko‘z egalari ba’zan yolg‘onni yashiradilar. Bu toifa kishilar sobitqadam, hissiyotga berilmaydilar. Ko‘z yoshi bilan ularning rahmini keltirish amrimahol. Ba’zida ular kuchli nafrat yoki sababsiz tushkunlikdan ozor chekadilar. Ko‘proq ular osuda xulq-atvorli bo‘lish bilan birga, bir xillikdan tez charchaydilar.

Kul rang ko‘zegalari aqlli va mard kishilardir. Ular biror muammoga duch kelganda hech qachon «tuyaqush usuli» bilan ish yuritmaydilar. Aksincha ularni kechiktirmasdan hal qilishga xarakat qiladilar. Shu bilan birga ba’zi muammolar oldida o‘zini ojiz sezadilar. Kulrang ko‘z sohiblari ta’sirchan hamda tirishqoq bo‘ladilar. Ularni hamma narsa qiziqtiradi. Bunday rangli ko‘z egalariga erishilgan mavqeda ham sevgi bobida ham doimo omad kulib boqadi.

To‘q kulrang ko‘z egalari (kul rang Merkuriyga yaqin hisoblanadi, undan ham to‘qroq rangi Saturn sayyorasi ham qo‘shilganligidan darak beradi) mard va qaysar bo‘ladilar. Nihoyatda irodali va qat’iyatli, har bir ishda jonbozlik ko‘rsatuvchi kishilardir. Ular rashkchi bo‘lsalar-da, o‘zining bu sifatlarini ko‘rsatmaslikka harakat qiladilar. Agar umr yo‘ldoshingizning ko‘zlari to‘q kul rangda bo‘lsa, demak omadlisiz. Chunki ular yagona muhabbat egasidirlar.

Agar siz yashil va kulrang aralash rangli ko‘z egasi bo‘lsangiz, bu sizning nihoyatda irodali ekaningizdan darak beradi. Siz har qanday to‘siqlarni yenga olasiz. Vaholanki, sizni kamgap deyishsa-da, aksincha bu xususiyatingiz sizga qaysidir ma’noda yordam beradi. Yashil ko‘z egalariga ko‘pincha o‘jarlik xos bo‘lib, ular o‘zlari uchun muhim masalalarni yechishda qat’iyatli, ayrim hollarda hattoki shaf­qatsiz bo‘lishlari mumkin.

Yashil ko‘z egalari bu eng mehribon kishilardir. Ular umr yo‘ldoshlarini chin qalbdan qattiq sevishadi. Hattoki ularni ritsarlarga mengzash mumkin. Do‘stlari ularning ishonchli va mehribonlik sifatlarini hurmat qilsalar, dushmanlari bir so‘zli(prinsipli), qat’iyatliligini ko‘risholmaydi. Ular yaxshi suhbatdosh va tinglovchidir. Shuningdek, bir qarorli bo‘lish bilan birga xayolparast hamdirlar. Bunday kishilar rahbarlik lavozimlarini bemalol boshqara oladilar.

Yo‘lbarsnikiga o‘xshash sarg‘ish rang­li ko‘zliodamlar kamdan-kam uchraydi. Bunday ko‘z egalari o‘zgalar fikrini uqa olish kabi noyob salohiyatga ega bo‘ladilar. Ular har qanday ishga mohirona ijodiy yondosha oladilar. Agar sizning hayolingizda salbiy mulohazalar bo‘lmasa, bunday kishilar bilan muloqotda bo‘lish sizga faqat mamnunlik baxsh etishi tabiiy.

Yana o‘qing:  Parisi bor uy

Ammo ko‘zingiz qanday rangda bo‘lishidan qat’iy nazar, esda tuting, tabiat sizga in’om etgan sifatlardan tashqari o‘zingizni takomillashtirish, o‘zgartirish uchun barcha yo‘llar ochiqligini unutmang.

Muhabbat XO‘JAMURODOVA

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: