Kashfiyot: tutqanoq va ba’zi saraton kasalliklari sababi aniqlandi
Lozanna universiteti xodimlari mayda hasharotlardan tortib inson organizmidagi nerv hujayralarining o‘sishini ta’minlaydigan oqsilli signal zanjirini kashf qilishdi.
«Novosti Mail.RU» xabar berishicha, olimlar KDELR va G-oqsilining nerv novdalari shakllanishidagi ahamiyatini o‘rganishdi. Shuningdek, ular hujayralar o‘sishi uchun kerak moddalarni yetkazib beruvchi Rab1 va Rab3 oqsillariga ham e’tibor qaratdi. Shundan so‘ng signal zanjiri yaratildi. U turli hujayra va to‘qimalarga modalarni yetkazib berish imkonini beradi.
Tadqiqotchilar ushbu kashfiyot turli patologik holatlarda, tutqanoq va shunga o‘xshash asab kasalliklarida, shu bilan birga saraton kasalliklarida ham muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlamoqda.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.