Qovoqcha ikrasi
Kerakli mahsulotlar: 1 kg qovoqcha (kabachki), 2 dona qizil bulg‘ori qalampir, 1 dona achchiq qalampir, 300 g pomidor qaylasi, 250 ml suv, 30 g sarimsoqpiyoz, 80 ml o‘simlik yog‘i, 70 g shakar, 1 osh qoshiq tuz, 1 osh qoshiq 9 % lik sirka.
Tayyor bo‘lish vaqti: 50 daqiqa
Miqdori: 800 g
Tayyorlanishi:
- Qovoqchalarni kubik shaklida kesiladi (po‘stini archish shart emas).
- Qizil qalampir urug‘idan tozalanib, kubik shaklida bo‘laklarga ajratiladi.
- Achchiq qalampir va sarimsoqpiyoz mayda qilib to‘g‘raladi.
- Pomidor qaylasiga 250 ml suv quyilib, yaxshilab aralashtiriladi va chuqur idishga solinadi.
- Aralashma qaynatilgandan so‘ng, yog‘ va sirka qo‘shiladi. Undan keyin tuz va shakarni solib aralashtiriladi.
- Ustiga sabzavotlar solinib, 40 daqiqa dimlab pishiriladi. Ba’zi-ba’zida qopqoqni ochib aralashtirib turiladi.
- Ta’bga qarab ikraning bir qismi yoki hammasi pyure (bo‘tqa) holiga kelguncha eziladi. Tayyor bo‘lgan ikra quruq butilkaga solinadi.
Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.