Tvorogli shirinlik
Zarur masalliqlar:
Xamir uchun: 200 gr margarin, 3 stakan un, 0,5 choy qoshiq qabartirgich, 1 stakan kefir.
Xamir ichiga: 500 gr tvorog, 05,1 stakan shakar, 1 choy qoshiq vanilin va bir dona tuxum oqi.
Xamir usti uchun 1 dona tuxum sarig‘i.
Pichoq yordamida ezilgan margarin qabartirgich bilan aralashtirilgan un ichiga aralashtiriladi. So‘ngra, kefir bilan yumshoq xamir qoriladi. Tayyor bo‘lgan xamir 3 ga bo‘lib, muzlatgichga bir soatga tindirish uchun qo‘yiladi.
Tvorog shakar va vanilin bilan yaxshilab aralashtiriladi. Mikser yordamida yaxshilab ko‘pirtirilgan tuxum oqi tvorogli massa ichiga ehtiyotkorlik bilan aralashtiriladi.
Xamir 3 mm qalinlikda yoyiladi. Yoyilgan xamir ichiga tvorogli massa bir tekis qilib yoyiladi va rulet ko‘rinishida o‘rab chiqiladi. Yarim tayyor shirinlik 10 sm o‘lchamda bo‘lib chiqiladi. Ustidan tuxum sarig‘i suriladi. So‘ngra, 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30-35 daqiqa davomida pishirib olinadi.
Xurshidabonu