Tadqiqot: yoshlikda yugurish bilan shug‘ullanish qariganda aqli zaiflikdan saqlaydi
O‘smirlik davrida yugurish bilan shug‘ullanish qariganda aqli zaiflikdan saqlaydi, deb xabar beradi Zee News nashri. Sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar buni isbotladi. Jonivorlarni maxsus yugurish qurilmasida mashq qildirildi.
Bunday amaliyot qariganda ularning xotirasi yaxshi bo‘lishiga va neyronlar faoliyatining jadallashishiga sabab bo‘ldi. Yosh jonivorlar olti hafta davomida yugurtirildi. Shundan so‘ng ularning xotirasida uzoq muddatgacha saqlanib qoluvchi ijobiy o‘zgarish kuzatildi. Shu bilan birga, yosh ulg‘aygan paytda shakllanadigan neyronlarning faoliyati ham kuchaydi.
Olimlar fikricha, odamlarda ham xuddi shunday mexanizm bor. Ushbu tadqiqot “miya resurslari yosh bo‘lgan paytdagi bilish zaxirasi keyinchalik miyaning bilish funksiyasini zaiflashishdan saqlaydi” degan g‘oyani tasdiqlaydi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.