Hashar davom etmoqda: 18 ming 568 gektar maydon obodonlashtirildi

Bugun erta tongdan kimdir ko‘chalarni supuryapti, kimdir ariqlarni tozalamoqda, yana birov daraxtlarga shakl berish bilan band. Xullas, shu elning farzandiman degan inson borki, xayriya tadbiridan chetda turgani yo‘q.

Davlatimiz mustaqilligining yigirma olti yillik bayrami arafasida “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan tuzilgan chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalar ijrosiga izchil kirishildi.

Hasharning birinchi kuni soat 12:00 gacha respublikamizning barcha hududlaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu xayriya tadbirida jami 8 million 326 ming nafardan ziyod fuqaro, jumladan, 5 million 303 ming nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

Yurtdoshlarimiz tomonidan 18 ming 568 gektar maydon obodonlashtirildi, 11 ming 662 kilometr ariq va lotoklar tozalandi. 5 ming 400 dan ziyod qabriston va 423 ta ziyoratgoh tartibga keltirildi. Shuningdek, 6 million 432 ming tupdan ortiq daraxtlarga shakl berilib, oqlandi. Bunday xayrli ishlarni amalga oshirish uchun jami 8 ming 299 ta texnika vositasi jalb etildi.

Umumxalq xayriya tadbirlarida ehtiyojmand insonlar, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari va nogironlar holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda.“Obodlik ko‘ngildan boshlanadi” shiori ostida hasharda 6 ming 124 ta oilaning 248 ming 878 metr kvadrat uy-joylari ta’mirlandi. 10 ming 396 ta ehtiyojmand oilaga, shundan jismoniy imkoniyati cheklangan 3 ming 10 fuqaroga, yakka-yolg‘iz keksalarga muruvvat yordamlari ko‘rsatiladi.

Bir so‘z bilan aytganda, mehr-oqibat, hamjihatlik, yaratuvchanlik kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan umumxalq xayriya hashari tufayli mahallalarimiz yanada obod bo‘ladi, ko‘ngillarga quvonch ulashiladi, savobli amallar ko‘lami kengayadi. Pirovardida Mustaqillik bayramini obod manzillarda, ko‘tarinki ruhda kutib olamiz.

Umumxalq xayriya hashari mamlakatimizning barcha hududlarida qizg‘in davom etmoqda.

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish

organlari faoliyatini muvofiqlashtirish

bo‘yicha respublika kengashi Axborot xizmati

Yana o‘qing:  “Islom birdamligi sport o‘yinlari”da sportchilarimiz 12 ta medal jamg‘arishdi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: