Imkoniyatlar bisyor

Bugun yurtimizda til o’rganishga bo’lgan e’tibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Nafaqat maktabda, balki maktabgacha ta’lim muassasalarida ham bolajonlarimizning turli xorijiy tillarni o’rganishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada OAV vositalari, jumladan televideniyeda ham turli ko’rsatuvlar tashkil etilayotgani, gazeta va jurnallar sahifalarida mushtariylarga ingliz tili o’rgatilayotgani ayni muddaodir.

Bizning Uchtepa tumanida joylashgan 75- maktabimizda ortda qolgan o’quv yilida bu borada ko’plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Ingliz tili fani saboqlarimiz qiziqarli tarzda tashkillashtirildi. Turli ko’rgazmali vositalar, o’yin ko’rinishidagi mashg’ulotlar bilimimizni yanada boyishiga yordam berdi. Ayniqsa, ustozimizning har bir saboqni bir yangilik asosida o’tishi qo’l keldi. O’zim bu fanga juda qiziqqanim bois har bir darsga puxta tayyorgarlik ko’rib, uni orziqib kutaman. Bir so’z bilan aytganda biz yoshlar oldimizda turgan cheksiz imkoniyatlardan to’liq foydalanishimiz va bizga ko’rsatilayotgan ana shunday yuksak e’tiborga munosib bo’lishimiz lozim.

Robiya QOSIMOVA,

Toshkent shahar, Uchtepa tumani, 75-maktab 7-sinf o’quvchisi

Яна ўқинг:  O‘rik guli

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: