Ardoqlagum Ona tuproqni

VATAN

Dilda Vatan ishqi jo’sh urar,

Qo’ldan tushmas ozodlik sozi.

Jaranglasin butun dunyoda,

Ulug’ elim mag’rur ovozi.

Yosh nihollar daraxt bo’ladi,

Polapon ham yozadi qanot.

Oy yonida mitti yulduzlar,

Nuri bilan porlar koinot.

Ardoqlagum Ona tuproqni,

Jannat erur undagi hayot.

Biz buyuklar naslimiz asli,

Bobolarim ruhi barhayot.

Gulchiroy EGAMBERDIYEVA,

Qiziltepa Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi kasb-hunar kolleji o’quvchisi

ONAJON

Ko’nglida yo’q g’ubori,

Qalbi mehrga konim.

Savol bersam – bilag’on,

Siz-la shod o’tar onim.

G’amxo’rligi bir jahon,

Bemor bo’lsam parvonam.

Hamisha omon bo’ling,

Onajonim, yagonam.

Surmaxon ELMIRZAYeVA,

Farg’ona viloyati, Beshariq tumani,49-maktab, 6-sinf o’quvchisi

BOLALAR BAYRAMI

Bolalarning bayrami,

Quvonchli kundir bugun.

O’ynaymiz zavqqa to’lib,

Chehralar shodon gulgun.

Tinchlikmakon elimiz,

Bolajon xalqimiz bor.

Shuning uchun baxtimiz,

Hamda iqbolimiz yor.

E’zoza USMONXO’JAYEVA,

Toshkent shahar, Shayxontohur tumani,34-maktab o’quvchisi

BUVIJON

Buvijonim xo’p go’zal,

So’zlari asal-asal.

Mehr to’la ko’zlari,

Kulib turar har mahal.

Qizlarning sarasi deb,

Ko’zim oq-qorasi deb,

Erkalaydi tunu kun,

Bolamning bolasi deb.

Buvim shunday mehribon,

Dono-yu bilimga kon.

Havas qilib ularga,

Bo’lsam deyman bilimdon.

Robiyabonu MAHMUDJONOVA,

Toshkent shahri, Olmazor tumani,28-maktab o’quvchisi

OPAJONIM

Opajonim yonimda,

– «Yaxshi o’qi!», – der doim.

Bilmaganim o’rgatar,

So’zlari xo’p muloyim.

Opam har ishda ilg’or,

Menga o’rnak bo’ladi.

Ko’zlarimga bir qarab,

Dilimdagin biladi.

Shohsanam MANSUROVA,

Farg’ona viloyati, O’zbekiston tumani,Yaypan shahri, 10-maktab 5-sinf o’quvchisi

Яна ўқинг:  SHARAFLI KASB

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Сообщить об опечатке

Текст, который будет отправлен нашим редакторам: