Burjingizga qarab qaysi kasallikka moyilligingiz borligini bilib oling

  1. HAMAL

*Mazkur burj ostida tug‘ilganlarga asab tizimi va bosh sohasiga ahamiyatliroq bo‘lish tavsiya etiladi. Otit, gaymorit, migren, nevralgiya kasalliklariga moyilligingiz bor.

*Maslahat: tish va milklar sog‘lomligini kuzatib boring; boshni shamollatib qo‘ymang; ichkibozlikka ruju qo‘ymang; o‘zingizni stress holatigacha olib bormang.

*Tavsiya etiladi: pishloq, tvorog, tuxum, banan, yong‘oqlar, pomidor, sarimsoq piyoz.

  1. SAVR

*“Savr”lar uncha-munchaga kasal bo‘lishmaydi. Ammo tobi bo‘lmay qolsa ham, dangasaligi tufayli davolanishga shoshilmaydi. Ushbu burj vakillarida tomoq, oyoq, bel va umurtqa pog‘onasi, diabet va hazm tizimi bilan muammo kuzatilishi mumkin.

*Maslahat: ko‘proq jismoniy faollikkka e’tibor bering, sog‘lom turmush tarziga rioya qiling, ovqatda me’yorni unutmang.

*Tavsiya etiladi: sabzi, kartoshka, shivit, ismaloq, olcha, olma.

  1. JAVZO

*Mehnatsevarligingiz sabab ko‘pincha dam olishni unutib qo‘yasiz. So‘ng uyqusizlik va aqliy zo‘riqishdan aziyat chekasiz. Sog‘ligingizga ko‘proq o‘pka,oshqozon, migren va revmatizm kasalliklari xavf soladi.

*Maslahat: dam olishni o‘rganing, asab buzilishiga yo‘l qo‘ymang. Ko‘proq toza havoda sayr qiling.

*Tavsiya etiladi: sabzi, loviya, petrushka, anjir, shaftoli, o‘rik

  1. SARATON

*Saratonlar depressiyaga beriluvchan bo‘lishadi. Ovqat hazm qilish va oshqozonga alohida e’tibor qarating. Buyrak, siydik qopi, ko‘krak qafasida yuz berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar diqqat qarating.

*Maslahat: ko‘proq suyuqlik iching, ovqatda me’yorni unutmang va optimistroq bo‘ling.

*Tavsiya etiladi: olma, bodring, qovoq, karam, rediska, qizil lavlagi, mayiz.

  1. ASAD

*Kamdan-kam holatlarda surunkali kasalliklar kuzatilsa-da, infeksion xastaliklarga moyilligingiz bor. Yurak, yelka va umurtqa pog‘onasiga e’tibor qaratishingiz tavsiya etiladi. Angina, kamqonlik, artrit kasalliklaridan ehtiyot bo‘ling.

*Maslahat: lat yeyish, jarohatlardan saqlaning, ichkibozlikka berilmang, organizmingizga dam berishni o‘rganing.

*Tavsiya etiladi: kartoshka, karam, bulg‘or qalampiri, makkajo‘xori.

  1. SUNBULA

*Kamroq asabiylashing, ish va dam olish rejimiga rioya qiling, atrofingizdagi voqealardan yomonlik qidirishni bas qiling. Sizni asab va ovqat hazm qilish tizimi bezovta qilishi mumkin. Shuningdek, revmatik og‘riqlar, o‘pka kasalliklari ham uchrab turadi.

*Maslahat: doimiy ravishda toza havoda bo‘ling, ammo shamollab qolmang, ziravor qo‘shilgan taomlardan voz keching.

*Tavsiya etiladi: deyarli barcha yormalar, petrushka, sabzi, uzum, nok.

  1. MEZON

*Sizga asab kasalliklari va jismoniy charchoq xavf solmaydi. “Mezon”lar mazali taomlarni xush ko‘rishadi. Ishtahani nazorat qilolmasliklari ortiqcha vazn, buyrak va jigar kasalliklariga sabab bo‘ladi.

Yana o‘qing:  FE’L-ATVORNING SOG‘LIKKA TA’SIRI BOR(MI?)

*Maslahat: tuz va sirkani kamroq iste’mol qiling. Bir oyda bir marta bo‘lsa ham uqalash xizmatidan foydalaning.

*Tavsiya etiladi: rediska, ismaloq, anor, loviya, dukkakli o‘simliklar.

  1. AQRAB

*Bu burj vakillari kamdan-kam kasal bo‘lishsada, davolanishga juda ahamiyatlilar. “Aqrab”larning uyqusi yaxshi emas, bosh og‘riqlari va asab portlashi ham bo‘lib turadi. Tomoq, bel, jinsiy a’zolar kasalliklariga moyilligi bor.

*Maslahat: asabni asrang, dam olishni o‘rganing. Qon aylanishini yaxshilash uchun mol go‘shti va sutli mahsulotlardam me’yorda iste’mol qiling.

*Tavsiya etiladi: salat bargi, rayxon, selderey, na’matak, qo‘ziqorinlar, limon, yong‘oqlar.

  1. QAVS

*“Qavs” betob bo‘lsa ham uzoqqa cho‘zilmaydi. U yaxshi xotira egasidir. Mazkur burjdagilar mazali tamaddini yoqtirishgani bois ba’zan me’yorni unutib yuborishadi. Ularda arterial qon bosimi va oshqozon bilan muammo bo‘lishi mumkin.

*Maslahat: parhezga rioya qiling va to‘yib uxlang.

*Tavsiya etiladi: bodring, lavlagi, olxo‘ri, qulupnay, qorag‘at.

  1. JADIY

*Sizning nozik teringiz allergiyaga juda moyil. Shuningdek, buyrak, oshqozon va suyaklar ham bezovta qilishi mumkin.

*Maslahat: tizza lat yeyishidan ehtiyot bo‘ling, tuz iste’molini kamaytiring.

*Tavsiya etiladi: lavlagi, shovul, olma, qorag‘at, yong‘oqlar.

  1. DALV

*Qon yaxshi aylanmasligi natijasida, tomirlarning varikoz kengayishi, oyoqlarda og‘riqlar va yurak bilan muammolar kuzatiladi.

*Maslahat: nafas mashqlarini bajarib turing, sog‘lom turmush tarziga rioya qiling.

*Tavsiya etiladi: kabachki, qulupnay, apelsin, anor, na’matak.

  1. HUT

*Tez-tez shamollashga, oyoq qo‘llar shishib ketishiga moyilligingiz bor.

*Maslahat: chiniqing, ko‘proq dam oling, tamakidan voz keching.

*Tavsiya etiladi: bodring, meva va yong‘oqlar.

Manba: zamin.uz

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: