Muttasil serial ko‘rish uyqu bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqaradi

Leven universitetida o‘tkazilgan yangi tadqiqot uzluksiz serial ko‘rib borish uyqu sifatining pasayishi, xorg‘inlik va uyqusizlik bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatdi. Tadqiqotda qatnashgan odamlarning 80 foizini muttasil serial ko‘ruvchilar tashkil etdi. Ular uyqu bilan bog‘liq muammolardan ko‘p shikoyat qilishdi. Ularda uyqu sifatining yomonligi serial ko‘rmaydiganlarga qaraganda 98 foiz ko‘proq uchradi.

Ilgariroq Texas universiteti xodimlari muntazam serial ko‘rish depressiya alomati ekanini aytishgandi. Ular kayfiyati yomon odamlar ko‘p vaqtini serial ko‘rish bilan o‘tkazadi, shu orqali ishdan va oiladan chalg‘ishi mumkin deb hisoblagandi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Odam taftini odam oladi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: