Mo‘tabar qadriyatlar musavvirlar nigohida

…Sarhadlarni mag‘rur qo‘riqlayotgan harbiy, shu tabarruk zaminni o‘z uyi deb bilgan ko‘p millatli hamyurtlarimiz, baxtiyor bolajonlar, bepoyon dala va bog‘lar, purviqor tog‘lar, umrboqiy obidalarimiz… Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan «Eng ulug‘, eng aziz» respublika ko‘rik-tanlovining tasviriy san’at, foto-dizayn yo‘nalishiga taqdim etilgan asarlarda ijodkorlar barchamiz uchun eng mo‘tabar bo‘lgan tushunchalarni aks ettirgan.

Toshkent Fotosuratlar uyida mazkur ijodiy loyihaga kelib tushgan badiiy asarlar, fotosuratlardan iborat ko‘rgazma tashkil etildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.Nuriddinov, Matbuot va axborot agentligi bosh direktori L.Tangriyev, Respublika «Tasviriy oyina» ijodiy uyushmasi raisi I.Latipov, «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi Sh.Jalilov, Yozuvchilar uyushmasi raisi M.Ahmedov va boshqalar «Eng ulug‘, eng aziz» respublika ko‘rik-tanlovi ijodkorlar intiqlik bilan kutadigan, Vatanimizda kechayotgan islohotlarga o‘z munosabatini bildiradigan an’anaviy loyihaga aylanganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 27 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq joriy yilda istiqlol ayyomiga bag‘ishlangan mazkur ko‘rik-tanlov «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkazilmoqda.

Unga taqdim etilgan badiiy asarlar «Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz», «Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak», «Ma’naviyat – eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz» kabi mavzularni o‘zida aks ettiradi.

– Mazkur tanlovga kelayotgan ijodiy ish mualliflari safida yangi-yangi nomlarning ko‘zga tashlanayotgani quvonarli, – deydi fotomusavvir Iskandar Sodiqov. – Bu kabi ko‘riklar ijodkorlarning Vatan, istiqlol, tinch va osoyishta kunlarimizga, yuksak ma’naviyatli avlod tarbiyasiga, yurtimizda kechayotgan ijobiy o‘zgarish jarayonlariga o‘ziga xos munosabatining ifodasidir.

– Ushbu tanlovda natyurmort, manzara janridagi suratlarim bilan qatnashyapman, – deydi Respublika ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 9-sinf o‘quvchisi Mohlaroyim Umrzoqova. – Bunday ko‘rik-tanlovlar jonajon Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrashga chorlashi bilan birga ijodiy ishlarimizni muhtasham ko‘rgazma zallarida ustoz-musavvirlar, san’atshunoslar, tomoshabinlar hukmiga havola etish uchun ham qulay imkoniyatdir.

Ko‘rgazmada tanlovga tavsiya etilgan eng sara namunalar bilan tanishish mumkin.

Nazokat Usmonova,

O‘zA

Yana o‘qing:  TANLOVNING MUNOSIB G‘OLIBLARI

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: