Banan pishib yetilishi uchun qancha vaqt kerak?

  • Bananning mingga yaqin turi bor, lekin ularning hammasi ham iste’molga yaroqli emas.
  • Banan tarkibida A, S, Ye, B12 vitaminlari, riboflavin, tiamin, niatsin, foliokislota, temir, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, mis, rux, ftor kabi minerallar va boshqa oziq moddalari juda ko‘p.
  • Eng ko‘p banan yeydigan odamlar Afrikadagi Burundi mamlakati aholisi hisoblanadi. Bu yerda har bir kishi yiliga 200 kilogrammga yaqin banan iste’mol qiladi.
  • Yillik hosil vaznining og‘irligi bo‘yicha banan apelsindan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
  • Hindiston – eng ko‘p banan yetishtiruvchi mamlakat.
  • Yangisiga qaraganda quritilgan bananning kaloriyasi besh karra ko‘proq bo‘ladi.
  • Banan – eng keng tarqalgan qishloq xo‘jalik ekinlaridan biri. U ommalashganligi jihatidan to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Oldingi o‘rinlarda guruch, makkajo‘xori va bug‘doy turadi.

  • Banan – eng radioaktiv meva. Uning tarkibida kaliy radioaktiv izotoplari miqdori ko‘p. Lekin buning xavotirlanarli joyi yo‘q. Bu radiatsiya har qancha ko‘p banan iste’mol qilinsa ham, inson organizmiga zarar yetkazmaydi.
  • Banan yetilib pishsa, mazasi shirinroq bo‘ladi. Ular uzilgan paytda yashil tusda bo‘ladi.
  • Eng ko‘p banan eksport qiluvchi mamlakat – Ekvador.
  • Bir gektar banan maydonidan 40 tonnagacha hosil olish mumkin.
  • Bananning pishib yetilishi uchun naviga qarab 10 oydan 18 oygacha vaqt kerak bo‘ladi.
  • Banandan un, ketchup kabi mahsulotlar ham tayyorlanadi. Banan ketchupi Filippinda, Ikkinchi jahon urushi paytida ommalashgan.
  • Banan po‘chog‘idan sovun tayyorlashda foydalaniladi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Yangi yil dasturxoniga

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: