Olimlar aqli zaiflik haqida ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘ldi

Oldingi tadqiqotlar Alsgeymer va shunga o‘xshash kasalliklarga yo‘liqqan odamlarda serotonin ishlab chiqaruvchi neyronlar miqdori kam bo‘lishini ko‘rsatgandi. Endilikda olimlar serotonin moddasini yetkazib beruvchi birikmalarning kamayishi aqli zaiflikka sabab bo‘lishi mumkinligini aniqladi. Bu birikmalar ishtaha, uyqu va kayfiyat bilan bog‘liq, deb xabar beradi UPI.com sayti.

Tadqiqotda 28 nafar bilish qobiliyatlarida o‘rtacha buzilish yuz bergan va yana 28 nafar sog‘lom odam qatnashdi (o‘rtacha yoshi – 66). Ishtirokchilarning 45 foizini ayollar tashkil qildi. Barcha qatnashchilar maxsus tekshiruv va aqliy testlardan o‘tkazildi.

Tadqiqotdan so‘ng, serotonin yetkazib beruvchi birikmalari kam bo‘lgan ishtirokchilar yoddan topshiriluvchi testlardan yomon natija ko‘rsatgani ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislar olingan ma’lumotlar aqli zaiflikka qarshi kurashishning yangi usullarini topishda yordam beradi, deb umid qilyapti.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  GIYOHLAR “TILGA KIRGANDA”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: