Oshqovoqli sho‘rva

Kerakli masalliqlar: 500 gramm oshqovoq, 600 milligramm suv, 1 osh qoshiq sariyog‘, 1/2 osh qoshiq zaytun yog‘i, ikki bo‘lak zanjabil ildizi, 1/4 tuyilgan zanjabil, 1 ta apelsin, 100 gramm pishloq, 30 gramm bodom bo‘laklari, ta’bga ko‘ra tuz va murch.

Tayyorlanish vaqti: 40 daqiqa

Miqdori (porsiyasi): 4

Tayyorlanishi:

  1. Zanjabil tomiri qirgichning mayda teshiklaridan o‘tkaziladi.
  2. Bodom bo‘laklari quruq tovada tillarang tusga kelguncha qovuriladi.
  3. Apelsin suvi siqib olinadi.
  4. Oshqovoqning po‘sti tozalanib, kichkina bo‘lakchalarga bo‘linadi.
  5. Sariyog‘ idishga solinib eritiladi, ustiga zaytun yog‘i quyilib, zanjabil qo‘shiladi va 1–2 daqiqa past olovda qovuriladi.
  6. Oshqovoq qo‘shiladi va ozgina tuz solinib 3 daqiqa qovuriladi.
  7. Yanchilgan zanjabil qo‘shiladi.
  8. Oshqovoq yuzini qoplaguncha apelsin sharbati va suv quyiladi. 30 daqiqa qaynatiladi.
  9. Pishloq qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi.
  10. Sho‘rva tarkibidagi mahsulotlarni blender (aralashtirgich) bilan quyuq holga kelguncha eziladi. Ta’bga ko‘ra tuz va murch qo‘shib, ustiga bodom bo‘laklari tashlanadi.

Ozodaxon Ahmadqulova tayyorladi.

Yana o‘qing:  Bananli pechenye

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: