Ko‘katlar tarkibidagi foydali oziq moddalar
Kimyoviy o‘g‘itlarsiz o‘stirilgan ko‘katlar – oziq moddalarining koni, ular yordamida organizm sog‘lom hujayralar yaratadi. Ko‘katlarning tarkibiy qismlari inson salomatligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega:
Magniy inson organizmidagi 300 dan ortiq reaksiya uchun zarur modda.
Kaliy yurak qisqarishining ravonligini ta’minlaydi.
K vitamini yara va jarohatlarning bitishi uchun muhim.
Foliokislota nerv tizimini stressdan saqlovchi serotoninlarning muntazam ishlab chiqarilishida muhim ahamiyatga ega.
Sellyuloza organizmni zaharli moddalardan tozalaydi va xolesterin miqdorini kamaytiradi.
Antioksidantlar erta qarishga sabab bo‘luvchi birikmalarni bartaraf qiladi
Ko‘katlarning yana bir yaxshi tomoni – ular zarur tarkibiy qismlarga boyligi bilan birga, kaloriya darajasi past mahsulot sanaladi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.