19-20 avgust – umumxalq xayriya hashari kunlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 avgustdagi farmoyishiga binoan joriy yilning avgust oyi mamlakatimizda obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 19-20 avgust – umumxalq xayriya hashari kunlari, deb e’lon qilindi.

To‘y yoki tantana boshlashdan avval xonadonlarni, hovli va uy-joylarni tartibga keltirish, atrof-muhitni sarishtalash — xalqimizga xos azaliy an’ana. Bu an’ana istiqlol yillarida chinakam qadriyatga, har bir yurtdoshimizning ezgu a’moliga aylandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bizga hurlik, ozodlik epkinini tuhfa etgan, o‘zimizni, o‘zligimizni anglab yetishimizga imkon tug‘dirgan, milliy qadriyat va an’analarimiz asosida yashashga o‘rgatgan Istiqlol bayrami – tom ma’noda katta to‘y, katta tantana. Shunday ekan, ulug‘ shodiyona arafasida mamlakatimizning barcha hududlari – uylar, ko‘chalar, mahallalar, qishloqlar, xiyobonlarni tartibga keltirish, ko‘makka muhtojlar holidan xabar olish bayramga o‘zgacha fayz, o‘zgacha shukuh baxsh etadi.

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqilligimizning yigirma olti yillik tantanalarini “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida munosib kutib olish va nishonlashga qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda.

Mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida, mahallalarida bayramoldi tayyorgarlik avjida. Zamonaviy mahalla guzarlari, qulay va shinam bolalar maydonchalari, ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalari foydalanishga topshirilayotgani yurtimizning yanada ko‘rkamligini ta’minlayotir.

Mana shunday shukuhli damlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining obodonlashtirish va tozalik tadbirlarini yanada kuchaytirish, xayriya hashari o‘tkazish haqidagi farmoyishi qabul qilindi. Zero, to‘y-tantanalar obod va pokiza, odamlari ahil va hamjihat yurtga yarashadi.

Milliy qadriyatlarimizga xos o‘zaro mehr-oqibat va saxovatni yanada kuchaytirish, ijtimoiy hamkorlik, beg‘araz yordam va muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar hududlarini, aholi turar joylarini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, eng asosiysi, mustaqilligimizning yigirma olti yillik shodiyonalarini munosib kutib olish hamda nishonlashdek ezgu maqsadlarni mujassam etgan bu muhim hujjatda oylik doirasida hamda hashar kunlari amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilangan.

Darhaqiqat, bu galgi umumxalq hashari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni qamrab olgani, shuningdek, xayr-saxovat ishlarining yanada ko‘proq rejalashtirilayotgani bilan avvalgilaridan farqlanadi.

Yana o‘qing:  SAMARQANDDA ShARQONA OHANGLAR TARANNUMI

Muhtaram yurtdoshlar, aziz mahalladoshlar!

Mustaqillik bayrami arafasida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hasharida barchamiz faol ishtirok etib, shu muqaddas Vatanga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbatimizni, shu aziz yurtga bo‘lgan daxldorlik hissimizni amalda isbotlaylik!

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi

Axborot xizmati

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: