Depressiya yurakka zarar yetkazadi
Yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishini o‘rganib chiqqan germaniyalik olimlar depressiya yurak uchun xuddi semizlik va xolesterin ko‘pligi kabi zararli ekanini aniqladi. Tekshiruv natijalari Atherosclerosis ijtimoiy jurnalida e’lon qilindi.
Myunxen instituti professori Karl Xayns hamkasblari bilan birga 45–74 yosh oralig‘idagi 3428 nafar erkak bemorning ma’lumotlarini o‘rganib chiqdi va ularning holatini 10 yil davomida kuzatib bordi.
Professorning so‘zlariga qaraganda, yurak kasalliklari bilan bog‘liq eng xavfli omillar gipertoniya va chekish sanaladi. Agar butun aholi hisobga olinsa, depressiya tufayli yuzaga kelgan yurak qon-tomir kasalliklari natijasida yuz bergan o‘lim soni 15 foizni, xolesterin ko‘pligi, semirish va chekish natijasidagi kasallikdan vafot etganlar soni esa 8,4 – 21,4 foizni tashkil etdi.
Bundan tashqari, ancha vaqt oldin olimlar bu bog‘liqlik faqat bir tomonlama emasligini isbotlagandi. Og‘ir kasalliklarga nisbatan ruhiy reaksiya ham bemorning sog‘ayishini qiyinlashtiruvchi depressiv kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun tadqiqotchilar bu jihatlarga ham e’tibor qaratishni ta’kidlaydi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.