Bodring haqida qiziqarli ma’lumotlar

Bodringning vatani Hindiston va Xitoydir. U yerlarda haligacha yovvoyi tarzda o‘sadigan bodringlarni uchratish mumkin. Lekin ba’zi olimlar uni dastlab Frakiyada (hozirgi Bolgariya hududlari) paydo bo‘lgan deb hisoblashadi. Bodringni madaniylashtirish taxminan 3000 yillar oldin G‘arbiy Osiyoda boshlangan, Janubiy yevropaga Rim istilochilari orqali kirib borgan. XIV asrda bodring butun Yevropaga, XVI asrda Shimoliy Amerikaga tarqalgan. Bugungi kunda esa u hamma joyda yetishtiriladi.

  • Har kuni bodring yeyishni yoqtiradigan imperator Tiberiy uchun tarixdagi dastlabki issiqxona qurilgan. Unda yil bo‘yi bodring o‘stirish imkoni bo‘lgan.
  • Dunyo bo‘yicha yetishtiriladigan bodring hosilining 60 foizi Xitoyga to‘g‘ri keladi.

images/bodring2.jpg

  • Bodringning salat va tuzlama uchun mo‘ljallangan turlari bor. Salatga ishlatiladigan bodring uzun va ingichkaroq, po‘sti silliq va yupqa bo‘ladi.
  • Bodring salati dunyoning deyarli hamma oshxonalarida ishlatiladi. Yangi bodringni qovurib, dimlab yoki ichiga qiyma to‘ldirib pishirish mumkin. Uni ko‘plab sabzavotlar, kartoshka, go‘sht, baliq va xushbo‘y ko‘katlar bilan birga pishirish mumkin.
  • Bodring sharbatidan nafaqat tetiklashtiruvchi ichimlik, balki barcha turdagi terilar uchun universal kosmetik vosita sifatida foydalansa bo‘ladi.
  • Bodringning 95–98 foizi suvdan iborat, lekin diyetik xususiyatlari yuqori. Uning tarkibida sellyuloza, shakar, kaliy, kalsiy, magniy, fosfor, yod, V va S vitaminlari mavjud.
  • Bodring organizmni xolesterindan samarali tozalaydi, qarish jarayonin sekinlashtiradi va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Yangi uzilgan bodring ishtaxani ochish va ovqatni xazm qildirish xususiyatiga ega. Bodring tarkibidagi kaliy yurak va buyrakning normal ishlashida, yod moddasi esa qalqonsimon bez kasalliklarini davolashda muhim ahamiyatga ega.
    Eslatma: bodring homilador ayollarga va oshqozon-ichak kasalliklariga yo‘liqqan kishilarga tavsiya etilmaydi.
  • Tuzlangan bodringlar davolash xususiyatiga ega emas, shuningdek, ular jigar, buyrak, yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga yo‘liqqan odamlar uchun xavfli.
  • Bodringning kaloriyalilik darajasi – 14 kkal.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Tasvirni o‘ta tiniq uzatuvchi cho‘ntak proyektori

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: