Tadqiqot: energetik ichimliklar giyohvandlikka boshlaydi

Merilend universiteti xodimlari yigirma yoshlar atrofidagi yigitlarni besh yil davomida nazorat qilib bordi. Ma’lum bo‘lishicha, tarkibida kofein miqdori ko‘p bo‘lgan energetik ichimliklarni muntazam iste’mol qiluvchilar kelajakda ruhiy faollashtiruvchi moddalarni tez-tez qabul qila boshlaydi.

Jumladan, energetik ichimliklarga o‘rgangan qatnashchilar 25 yoshlarida me’yoridan ortiq alkogol ichishni va qo‘zg‘atuvchi moddalar (masalan, kokain) dan foydalanishni boshladi.

Bundan tashqari, Kanadada o‘tkazilgan boshqa bir tadqiqot energetik ichuvchi o‘smirlar boshqalarga nisbatan bosh travmasiga ko‘proq moyil bo‘lishini ko‘rsatdi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Nervlar xastalanishining turlari va oldini olish choralarini bilasizmi?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: