Turizmni rivojlantirish bo‘yicha forum o‘z ishini boshladi

Avval xabar berganimizdek, Shahrisabz shahridaO‘zbekiston Respublikasida ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari va unda yoshlarning o‘rni” mavzusidagi Forum o‘z ishini boshladi. Ushbu forum yurtimizda turizmni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlanadi.

Ayni vaqtda barcha ishtirokchilar qadimiy va navqiron Shahrisabz shahrida jam bo‘lgan. Qizg‘in bahslar, o‘zaro fikr almashishlar yig‘ilganlarda qizg‘in taassurot uyg‘otmoqda.

Forumda turizm sohasida tajribaga ega ilmiy xodimlar va malakali o‘qituvchilar, madaniy meros va muzeylar tizimidagi malakali mutaxassislar, turoperatorlar, gidlar hamda talabalar qatnashmoqda.

Anjumanni o‘tkazishdan asosiy maqsad – yoshlar o‘rtasida turizmni rivojlantirish, tuman va shaharlarning sayyohlik salohiyatini oshirishdan iborat. Shuningdek, joylardagi tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni targ‘ib qilishdir. Qolaversa, madaniy-tarixiy, eko, ekstremal, sarguzasht, ta’lim, sport kabi turizm turlari ustida sayohat dasturlari yaratish, shu orqali tarixiy qadamjolarga, ulug‘ avliyo va buyuk ajdodlarimizning muqaddas ziyoratgohlariga yoshlar tashriflarini uyushtirish, ularda milliy an’ana va qadriyatlarga hurmat ruhini kuchaytirish, tuman va shaharlarning turistik salohiyatini targ‘ib qilishdan iborat.

Ta’kidlash joiz, Forum doirasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi davlat turizm qo‘mitasi o‘rtasida memorandum imzolash marosimi hamda “O‘zbekiston Respublikasida ichki turizmni rivojlantirish istiqbollari va unda yoshlarning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Forum Prezidentimizning 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq o‘tkazilmoqda.

Xurshida Husenova,

Shahrisabz

Yana o‘qing:  “Kitob bayrami” o‘tkazilmoqda

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: