Qaydasan, Shahrisabz?!

Mamlakatimizda turizmni rivojlantirishga bag‘ishlangan forumiga ishtirok etish ishtiyoqida yo‘lga otlandik. Zamonaviy avtobusda jam bo‘lgan iqtidorli yoshlar, turoperatorlar, gidlar, turizm sohasidagi olimlar va tajribali o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro muloqotlar avjida. Yuksak orzu-maqsadlar yo‘lida birlashgan bir guruh yurtdoshlarimiz yozning jaziramasiga ham parvo qilmaydi. Aksincha, chor-atrof ko‘zimizga yanada go‘zal va maftunkor ko‘rinadi. Vatanimiz tabiatiga hayrat bilan boqamiz.

Yo‘l-yo‘lakay shirin suhbatlar, bahs va munozalar bilan Qashqadaryo viloyatiga ham kirib keldik. U yerdagi muloqot va uchrashuvlar chog‘ida kishilarning hayotga muhabbati, kelgusi reja va orzu-o‘ylari bizda iliq taassurot uyg‘otdi. Voha ahlining ochiq ko‘ngilli va mehmondo‘st ekaniga yana bir karra guvoh bo‘ldik.

“Qaydasan, Shahrisabz”, deya yo‘lga otlangan ishtirokchilar qaynoq taassurotlar bilan manzilga yetib kelganimizni ham bilmay qoldik. Faqatgina zamonaviy binolar, ravon yo‘llar, o‘ziga xos go‘zal va betakror landshaft dizaynga ega xiyobonlarga ko‘zimiz tushgandagina faxmladikki, bu mustaqilligimizning gavhari qayta barpo etilgan Shahrisabz. Oqsaroy, Dorus-Saodat, Shamsuddin Kulol maqbarasi, Ko‘k gumbaz masjidi, Dor us-saodat, Dor ut-tilovat kabi tarixiy obidalar esa bizga shahar salobati va boy tarixidan so‘zlaydi.

Forumni o‘tkazish uchun Shahrisabz shahri tanlangani bejizga emasligi kunday ravshan bo‘la boshlaydi.

Darvoqe, Forum o‘z ishini boshladi. Biz esa kuzatishda davom etamiz. Eng so‘nggi yangiliklar bilan faqat bizda tanishishingiz mumkin.

Xurshida Husenova,

Shahrisabz

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: