Ko‘zlar – yuzning eng ko‘rkam qismi

Vinchester universiteti xodimlari o‘tkazgan tadqiqotda 20 yoshdan o‘tgan 64 nafar odam (yarmi ayollar) qatnashdi. Ishtirokchilarga ayol va erkaklarning yuz qismi tasvirlangan suratlar ko‘rsatildi va yuzning alohida qismlariga (ko‘z, lab, soch, burun) yoki butunlay yuzning o‘ziga baho berish so‘raldi. Suratdagi odamlarda soqol, ko‘zoynak, pardoz va makiyajlar yo‘q edi, deb yozadi The Daily Mail nashri.

Tekshiruvdan so‘ng ikkala jins vakillari ham jozibadorlikni baholashda ko‘zlarga ko‘proq e’tibor qaratgani ma’lum bo‘ldi. Bu borada soch va lab ham muhim ahamiyat kasb etdi, eng ahamiyatsiz joy esa burun qismi deb topildi.

Bundan tashqari, erkaklar ayollarning suratini baholashda butun yuzga e’tibor qaratishi aniqlandi. Ikkala jins vakillari uchun ham yuzning alohida qimlari ichida ko‘z va sochlar insonning jozibadorligini baholashda eng muhim qismlar hisoblanadi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Har narsaning o‘z vaqti-soati bor...

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: