Miya faolligi nimaga bog‘liq?

Klotho oqsili erta qarishning oldini olishi tasdiqlangan. Yaqinda olimlar uning miyani faollashtirishini ham aniqladi. Bu oqsil miya bilan bog‘liq kasalliklarda foyda berishi mumkin.

Sichqonlarda o‘tkazilgan tajriba Klotho bilish ko‘rsatkichlarini yaxshilashini isbotladi. Lekin uning qanday ishlashini mutaxassislar hali aniq aytib berolgani yo‘q.

Bu oqsilning yuqori miqdori uzoq umr ko‘ruvchilarning organizmida kuzatiladi. Turli yoshdagi sichqonlar organizmiga qo‘shimcha ravishda Klotho genining nusxasi kiritilganda jonivorlarning umri sezilarlicha uzaydi. Ularning miyaga yaxshi qabul qilinishi yoshga bog‘liq emas.

Natija juda hayratlanarli bo‘ldi: jonivorlar labirintda yo‘nalishni yaxshi aniqladi (chiqish joyini ikki marta tezroq topdi), vazifalarni yoddan va zakovat bilan yecha boshladi. Ijobiy ta’sir Klotho ukoli tugaganidan so‘ng kamida ikki hafta saqlanib turdi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Savol bering, javob beramiz (2013-34)

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: