Erkaklarning akusherlik va ginekoliya sohasini tanlashi borasidagi savol bahsga sabab bo‘ldi
“Sog‘lom avlod” gazetasining “Stol atrofida” loyihasi doirasidagi davra suhbatida tahririyat jurnalistlari tomonidan o‘rtaga tashlangan, ijtimoiy tarmoqlarda bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan erkaklarning akusher-ginekolog sohasini tanlash borasidagi savol Reproduktiv salomatlik markazi bosh mutaxassisi, akusher-ginekolog Ikrom Amanov hamda Respublika perinatal markazi direktori o‘rinbosari Shohida Bobojonovaning “tortishuv”ga olib keldi.
Ikrom Amonov:
– Bir narsani alohida ta’kidlashim joiz, akusher-ginekologiya tibbiyot sohalari ichida eng og‘ir yo‘nalish sanaladi. AQSHda akusher-ginekologlarning 95 foizini erkak mutaxassislar tashkil etadi. Bu bejiz emas. Sababi haqiqatdan og‘ir, haqiqatdan ekstrimal soha.
Shohida Bobojona:
– Tasavvur qiling, bir daqiqa ichida 500 millitrgacha qon ketishi mumkin. Agar bu o‘z vaqtida to‘xtatilmasa, 5 daqiqa ichida ayolni yo‘qotish hech gap emas…
Ikrom Amonov:
- Faoliyatim davomida bir narsaga amin bo‘ldim: ayol hamkasblarim oldida ish va oila masalasi ko‘ndalang turadi. Va bu yuk ularni chalg‘itadi. Tibbiyot sohasi esa insondan o‘zini bag‘ishlashni talab etadi. Bu – og‘ir kasb… Homilador ayolning qon bosimi ba’zan 5 daqiqaga ham bormay, bir yuz yigirma ko‘rsatgichdan 0 ga tushib ketishi mumkin. Bu holat tibbiyotning hech bir sohasiga tegishli bo‘lmagan holat. Demak, mutaxassis bu holatlarni inobatga olishi lozim. Akusher-ginekologdan tezkor qaror qabul qilish, irodali va jasoratli bo‘lish talab etiladi.
Ustozim shunday so‘zni aytgan: Akusherlik nafaqat tibbiyot, balki san’atdir…
Ayollarning bu sohada ayolligi pand beradigan holatlar bor, mendan xafa bo‘lmaysiz, Shohida Dadajonovna…
Shohida Bobojonava:
- Men bundan xafa bo‘laman! Ammo, tan olish kerak, chindan bu og‘ir kasb. Ammo jasoratni ayollar qila olmaydi, deyish fikriga qo‘shilmayman. Shunday ayollarimiz bor, jasorat masalasida erkaklardan qolishmaydi. Lekin erkak kishi akusher-ginekolog bo‘laman desa, nega yo‘q deyishimiz kerak?! Axir, erkakmi, ayolmi ikkalasi ham shifokor.
Ikrom Amonov:
– Xalatni egnimga ilgach, ayol kishiga menga qarshi jins vakili – ayolga qaragandek qaramayman! Xalat kiydimmi men erkak kishi emas, balki shifokorga aylanaman. Tibbiyotda ayol yoki erkak sifatida ajralish bu noto‘g‘ri, deb bilaman.
Shohida Bobojonava:
- To‘g‘ri aytasiz. Lekin shu bilan bir qatorda aytish joizki, biz bu bilan hamma akusher-ginekologlar erkak kishi bo‘lishi kerak demoqchi emasmiz. Lekin tug‘ayotgan ayolda tanlov bo‘lishi kerak. Deylik, qaysi ayol uyalishi mumkin, bu o‘z tajribamizdan ma’lum. Ruhiy jihatdan olib qoraganda bu uyatchanlik oqibati normal sodir bo‘layotgan tug‘ruqning, teskari bo‘lishiga sabab bo‘lishi ham hech gap emas…
Xurshida Husenova yozib oldi.