XABARLAR, YANGILIKLAR, VOQEALAR (2013-22)

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan BMT Bosh kotibining inson huquqlari masalalari bo‘yicha yordamchisi Ivan Simonovich rahbarligidagi delegatsiya a’zolari 28 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Kecha Toshkent shahrida agrosanoat uchun minitexnologiyalar va ixcham asbob-uskunalarning «Uzbekistan Agrominitech Expo – 2013» VII Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosi hamda qishloq xo‘jaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining «Uzbekistan Agrominitech Expo — 2013» II Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmasi ish boshladi.

Yaqinda Avstriya parlamentining quyi palatasi — Milliy Kengashda mamlakatimizda siyosiy va huquqiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

«Sen yolg`iz emassan» Respublika jamoatchilik bolalar fondi hamda Xalq ta’limi vazirligi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, YUNISEF, YUNYeSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonalari hamkorligida «O‘z kelajagimizni hamjihatlikda yaratamiz» mavzuidagi VI Respublika bolalar forumi tashkil etildi.

Yana o‘qing:  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: