Kulgu shifo (2013-21)
– Do‘xtir, xotiramga nimadir bo‘ldi! Qilgan ishimni darrov unutib qo‘yyapman.
– Iltimos, menga 700 ming so‘m qarz berib turing…
* * *
– Voy jonim, voy! Tishim juda qattiq og‘rib, azob beryapti.
– Mening tishim bo‘lganda, darrov oldirib tashlardim.
– Og‘riyotgan sizning tishingiz bo‘lsa, men ham shunday qilgan bo‘lardim.
***
Erkak kasalxonaga tushib qoldi. Tushlikka hamshira unga bir bo‘lak non, pomidorning to‘rtdan bir qismi, yarimta tuxum va bir piyola mastava olib keldi.
Erkakning xunobi oshib hamshiraga dedi:
– Kechirasiz? Sizlarda pochta markasi yo‘qmi?
– Marka nimaga kerak?
– Tushlikdan keyin biror narsa o‘qishga o‘rganib qolganman…
* * *
Yoshi o‘tib qolgan xonim psixiatr xonasida:
– Doktor nima qilsam ekan? O‘g‘lim ikki kundan beri sovun pufakchalarini uchirib o‘ynayapti.
– Xonim, xavotir oladigan joyi yo‘q. Bu bolalarning o‘yini-ku ! Tashvish qilmang.
– Men ham shunaqa deyapman. Lekin xotini tashvish qilyapti-da.