Texnologik davr hujjatlari

Bugungi kunga kelib axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida normativ xarakterga ega bo‘lgan rasmiy hujjatlar elektron shaklda ham ifodalanishini kuzatishimiz mumkin. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi bunday rasmiy hujjatlar bugungi kungacha qanday ifodalangan va bundan keyin qanday yo‘nalish bo‘yicha rivojlanishi mumkin?

Ba’zi olimlar, xususan, V.Isakov rasmiy hujjatlarning ifodalanish bosqichlarini uch davrga ajratadi. Ya’ni, birinchi – qog‘oz ixtiro qilinishigacha bo‘lgan eramizdan avvalgi II asrgacha bo‘lgan davr, ikkinchi – qog‘oz ixtiro qilingandan keyingi, eramizning II asridan bugungi kungacha bo‘lgan davr va uchinchi – elektron davr, ya’ni bugungi davr.

Dastlabki davrda hujjatlar asosan qoyalar, toshlar, turli g‘orlar, ayrim zodagonlar uylarining devorlariga, ibodatxonalarga, papirus barglari, loy, daraxtlar, mum bilan ishlov berilgan yog‘och taxtalar, turli ipak matolarga, pergament kabi bir qator buyumlarga qayd etilgan. Birinchi davr ancha ibtidoiy xarakterga o‘xshab ko‘rinsada, ushbu vositalar yordamida ifodalangan rasmiy hujjatlar bugungi kunimizgacha yetib kelgan bo‘lib, ana shu davr haqida qimmatli ma’lumotlar beradi.

Qog‘oz milodiy 105-yilda Xitoy zodagonlaridan bo‘lgan Say Lunem tomonidan ixtiro qilinganligi haqidagi afsonalar yuradi. Lekin qog‘oz kashf qilinganidan ancha keyingina ikkinchi davr boshlangan.

Ikkinchi davr aynan XI-XII asrlarda yuzaga kelgan. Qog‘oz ixtiro qilingandan keyingi davrni ikki bosqichga bo‘lish mumkin:

Birinchi bosqichda qog‘oz ixtiro qilinishi bilan birdaniga avvalgi rasmiy hujjatlarni ifodalovchi vositalarni siqib chiqarmasdan papirus, pergamentlar amalda bo‘lgan «qo‘lyozmalar» bosqichi saqlanib turgan.

Ikkinchi bosqich «industrial» bosqichdir. 1454-1455 yillarda nemis monarxi Iogan Guttenberg tomonidan yaratilgan tipografik dastgoh bu sohada ulkan o‘zgarishlarni boshlab berdi. Bunda ba’zan qog‘oz, pergament va boshqa vositalardan foydalanilgan. Shundan kelib chiqib, bu holatni qog‘oz ishlatilishining davom etishi, pergamentning tugash bosqichi, deb ham ayta olamiz.

Albatta «qog‘oz» davri juda ko‘p yillardan buyon davom etib kelmoqda. Aynan qog‘oz axborotlarni uzatish vositasi sifatida ko‘plab sohalarni shakllanishida juda katta ahamiyat kasb etib kelgan. Bir so‘z bilan zamonaviy jahon sivilizatsiyasi aynan qog‘oz yordamida yaratildi, desak yanglishmaymiz.

1850 yilga kelib hech qanday qog‘ozsiz, o‘zi axborotlarni elektron tarzda uzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan elektron harf teruvchi telegraf dastgoh ixtiro qilindi. Bu esa axborot uzatishda elektron davr boshlanayotganligidan, qog‘oz davrining nisbatan cheklanayotganligidan darak bera boshladi.

Yana o‘qing:  “Aqlli” jarrohlik tig‘i yaratildi

Hozirda dunyoning ko‘pchilik davlatlarida hujjatlarni ham elektron tarzda ifodalash an’anaga kirmoqda. Hech kim ushbu yangilikni juda ham qulay ekanligini inkor qila olmaydi. Buni yangilik almashuvining tezkorligi, qog‘ozga qaraganda sarf-xarajatning arzonroq ekanligi, ma’lumotlarni saqlashning qulayligi, resurslarga kirish hamda kerakli huquqiy axborotni topishning osonligi, shuningdek, o‘zgarishsiz nusxa olish va shunga o‘xshash imkoniyatlarning ko‘pligida ko‘rish mumkin.

Taraqqiyotning keyingi bosqichi rasmiy hujjatlarning aylanishi uchun elektron davrni taqozo qilmoqda. Bu davr kishilik taraqqiyotida ijtimoiy, huquqiy munosabatlarni tartibga solishda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘ladi. Rasmiy hujjatlarning ifodalanish bosqichlarini keyingi davri haqida hozircha bir narsa deyish, mushkul, albatta.

Temur TANGRIBERGANOV,

O‘zMU tarix fakulteti 3-bosqich talabasi

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: