Maktab yarmarkalari: sifatli mahsulotlar, hamyonbop narxlar

Ma’lumki, har o‘quv yili boshlanishi arafasida mamlakatimizdagi ta’lim maskanlarida maktab yarmarkalari ish boshlaydi. Joriy yil ham 10 avgustdan 10 sentyabrgacha respublikamizda jami 1325 ta maktab yarmarkasi tashkil etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, unda asosiy turdagi o‘quv qurollari, darsliklar, maktab formasi, kiyim-kechak va poyabzallar savdosi yo‘lga qo‘yiladi.

Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi 243-umumta’lim maktabida ham ana shunday yarmarka tashkil etildi.

– Qizim Muslima ushbu maktabning 4-sinfida tahsil oladi. Bu yerda ta’lim tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, chuqur bilim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ikkinchi farzandim ham bu yil 1-sinfga qabul qilindi. Shu bois ular bilan maktab yarmarkasiga keldik. Bizga ma’qul tomoni, bu yerda sotilayotgan barcha mahsulotlar mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, eng asosiysi, sifatli va hamyonbop, – deydi Mukambar Murodxonova.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ota-onalar uchun qulaylik yaratish, o‘quv qurollarining narxini sun’iy ravishda oshishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat.

– Maktabimiz o‘zining ichki formasiga ega. 4 xil ko‘rinishdagi ushbu formalar tikilishi jihatdan o‘quvchilar uchun qulay. Bu kiyim-boshlar maktabimiz bilan tikuv sexi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzilganligi sababli, bozor narxiga nisbatan arzonroq narxda sotiladi, – deydi 243-umumta’lim maktabining ma’anaviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Nigora Muhammadaliyeva.

Aytish kerakki, bu yilgi maktab yarmarkalarining 927 tasi umumta’lim maktablarida (ularga 5 ming 685 ta maktablar biriktirilgan) tashkil etilib, ulardan 2 million 776 ming nafar o‘quvchi foydalanishi rejalashtirilgan. 205 ta akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tkaziladigan yarmarkalardan esa 1 million 185 ming nafar o‘quvchi va ularning ota-onalari o‘zlariga kerakli bo‘lgan o‘quv qurollarini xarid qilish imkoniga ega bo‘ladilar.

Shuningdek, gavjum bozorlarda 193 ta yarmarka ochilgan bo‘lib, ulardan 2 million 191 ming nafar fuqaro foydalanishi belgilangan.

Ayni paytda respublikadagi barcha maktab yarmarkalarida 26 turdagi zaruriy o‘quv qurollari savdosi yo‘lga qo‘yildi.

“Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazidagi ko‘rgazmada ham maktab o‘quv qurollari, adabiyotlar, bolalar kiyim-kechaklari hamda poyabzallar savdosi tashkil etildi. Uning ochilishida mahalliy ishlab chiqaruvchilar, mas’ul tashkilot va idoralar mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Yana o‘qing:  Shifobaxsh sharbat

Yarmarkalarda savdo ishlarini amaldagi soliq va bank qonunchiliga to‘liq rioya qilgan holda o‘tkazish hamda aholiga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida savdo tashkilotlari va xususiy tadbirkorlik sub’yektlarida barcha turdagi to‘lov terminallari o‘rnatilishi belgilangan. Shuningdek, maktab yarmarkalari faoliyatini uyushqoqlik bilan tashkil etish va muvofiqlashtirish maqsadida mahalliy hokimliklarda mutassadi tashkilotlar vakillaridan iborat Ishchi guruhlar tuzilgan.

Charos XUSHVAQTOVA,

“Sog‘lom avlod” muxbiri

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: