Tarvuz haqida qiziqarli ma’lumotlar

  • Tarvuzing 90 foizini suv tashkil qiladi.
  • Tarvuzdan pazandachilikda ham foydalansa bo‘ladi. Undan ko‘plab mazali taomlar, salat va shirinliklar tayyorlash mumkin.
  • Bu mahsulot A, S, V6 vitaminlari yetishmovchiligini bartaraf qilishda muhim ahamiyatga ega. Lekin me’yorga amal qilgan ma’qul. Masalan, S vitaminining kunlik normasini to‘ldirish uchun to‘rt tilim tarvuz yeyish kifoya. Mutaxassislar fikricha, u kayfiyatni ko‘tarish xususiyatiga ham ega.
  • Tarvuzning qanday sharoitda yetishtirilganini bilish qiyin emas. Buning uchun tarvuz bo‘lagini suvga solib ko‘ring. Agar suv qizil yoki pushti rangga kirsa, hosil kimyoviy moddalarga to‘yingan bo‘ladi. Suvning biroz xiralashishi esa, tarvuzning tabiiy sharoitda yetishtirilganligidan darak beradi.
  • Xitoy – eng ko‘p tarvuz eksport qiladigan mamlakat.
  • Ginnes rekordlari kitobiga kiritilgan eng katta tarvuz AQSHda yetishtirilgan. Uning og‘irligi 124 kilogramm edi.
  • Vetnamda yangi yil dasturxoniga tarvuz qo‘yish odat tusiga kirgan. Bu mamlakat aholisi yangi yilni tarvuz bilan kutib olish omad keltirishiga ishonadi.
  • Tarvuzning har xil shakldagi (kvadrat, qirrali) turlari ham mavjud. Ularni dastlab yaponlar o‘ylab topgan. Keyinchalik bu kashfiyot hammaga yoqib qolgan. Chunki bunday tarvuzlarni sovutkichda saqlash anchagina qulay.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  “Chilonzorga...”

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: