Olimlar shamollashga qarshi samarali vosita yaratish arafasida

Edinburg universiteti olimlari besh yil davomida shamollashning asosiy sababchisi bo‘lgan rinovirusga qarshi vosita yaratish ustida ish olib bordi. Ular turli sutemizuvchilarning mikrobga qarshi organik birikmalarini o‘rganib chiqdi. Bu birikmalarning barchasi rinovirusga qarshi kurashish xususiyatga ega ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mutaxassislar bu kashfiyot shamollashni davolashning yangi usullarini topishda yordam berishidan umid qilmoqda. Bu ayniqsa surunkali yengil kasalliklardan aziyat chekuvchilar uchun quvonchli yangilik, deb xabar beradi Deccan Chronicle nashri.

Odamlar hayoti davomida shamollashga taxminan 200 marta duch kelishadi. Bolalar bir yil ichida 2–4 martagacha shamollashni boshdan o‘tkazishi mumkin. Ayni paytda shamollashga keskin ta’sri qiluvchi vositalar mavjud emas. Faqatgina dam olish, suyuqlikni ko‘p ichish va og‘riq qoldiruvchi vositalar yordamida kasallik simptomlarini yengillatish mumkin.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Shamollashni davolashda oddiy choralar

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: