Oyoqlarning o‘ta ozg‘inligi sog‘liq holatining yaxshi emasligidan darak beradi
Tyubingen universitetida o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga qaraganda, haddan tashqari ozg‘in oyoqlar sog‘liq holatining yaxshi emasligidan darak beradi. Bunday ko‘rinishdagi qomatga ega odamlar yurak-qon tomir kasalliklariga moyil bo‘ladi.
Mutaxassislar 981 nafar ko‘ngillini kuzatuv ostiga olishdi. Barcha ishtirokchilar metabolizm sindromining standart parametriga muvofiq holda tekshirildi. Metabolizm sindromi bel sohasida yog‘larning mavjudligi, insulinga nisbatan sezuvchanlikning pasayishi, moddalar almashinuvining buzilishi va qon bosimining ko‘tarilishi singari qator belgilarni o‘zida birlashtiradi.
Tadqiqotdan so‘ng 18 nafar ishtirokchining vazni me’yorda bo‘lishiga qaramasdan, ularda metabolizm sindromi alomatlari borligi aniqlandi. Ularning birdan-bir umumiy jihati oyoqning o‘ta ingichkaligi edi. Oyoqning ortiqcha ozg‘inligiga yog‘ning noto‘g‘ri taqsimlanishiga olib keladigan genetik omillar sabab bo‘ladi, deb taxmin qilinyapti. Bundan tashqari, olimlar yog‘ ajralishining shakllanmay qolish holatiga ham e’tibor qaratmoqda. Bunday o‘zgarish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishi mumkin.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.