Jismoniy mashg‘ulotlar organizmdagi yallig‘lanishdan saqlaydi
Har qanday turdagi jismoniy faollik sog‘liq uchun foydali. U yallig‘lanishdan himoya qiladi. Ma’lumki, infeksiyadan saqlanish uchun tananing travmaga qarshi harakati natijasida yallig‘lanish paydo bo‘ladi. Lekin surunkali yallig‘lanish o‘z-o‘zidan diabet, yurak kasalliklari kabi muammolarni keltirib chiqaradi.
Inson jismoniy mashg‘ulotga kirishganda muskul hujayralaridan yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi interleykin-6 birikmasi ajralib chiqadi. Shu bilan birga, TNF-alfa yallig‘lovchi oqsili miqdori kamayadi, me’da osti bezida yallig‘lanish paydo qiluvchi interleykina-1beta faoliyati susayadi.
Qancha ko‘p mashq qilib borilsa, interleykina-6 miqdori shuncha ko‘payib boradi. Masalan, o‘ttiz daqiqalik mashg‘ulot bu birikma darajasini besh martaga oshiradi. Marafon yugurishdan keyin esa 100 foizga yetadi.
Shuningdek, muntazam jismoniy mashg‘ulot mushak hujayralaridagi interleykin-15 oqsilini ham ko‘paytiradi. Bu oqsil bel sohasidagi metabolizm kasalliklari bilan bog‘liq yog‘larning to‘planishini boshqarib turadi. Ushbu yog‘lar yallig‘lanishni qo‘zg‘atadi, ularning miqdorini kamaytirish esa yallig‘lanishga qarshi kurashning samarali usuli hisoblanadi.
Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.