Tadqiqot: 35 yoshidan keyin tuqqan ayollarning farzandlari saratonga moyil bo‘ladi

Kaliforniya universiteti xodimlari 16 yoshigacha saraton diagnozi qo‘yilgan 5856 nafar bolaning ma’lumotlarini tahlil qildi. Bolalar ota-onalarining yoshiga qarab guruhlarga ajratildi. Tekshiruv natijasida 35 yoshidan keyin tuqqan ayollarning farzandlari saratonga ko‘proq yo‘liqishi ma’lum bo‘ldi.

Mutaxassislarning so‘zlariga qaraganda, yosh o‘tishi bilan odamlarda xromosomalar mutatsiyasi ko‘payadi. Aynan shu tufayli bolalarda saratoni havfi ortishi mumkin, degan taxminlar ham bor.

Bolalarda saraton xavfi ortishiga otaning yoshidan ko‘ra onaning yoshi kuchliroq ta’sir o‘tkazadi. Kechroq farzand ko‘rishga qaror qilgan ota-onalar sog‘lom turmush tarziga amal qilish orqali bolalarining saratonga chalinish xavfini kamaytirishi mumkin. Buning uchun ular tamaki va spirtli ichimliklardan tiyilishi hamda zararli kimyoviy moddalar ta’siridan saqlanishlari kerak.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Bolalarni saraton kasalligidan asrang

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: