O‘pka shamollashi va sepsis yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi

Erebru (Shvetsiya) universitetida o‘tkazilgan yagi tadqiqot o‘pka shamollashi va sepsis (qonga kirgan zararli mikroblar tufayli butun organizmning zaharlanishi) yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishini aniqladi. Tadqiqotda 1952–1956 yillarda tug‘ilgan 236739 nafar erkak qatnashdi. Ular 18 yoshida tekshiruvdan o‘tkazildi, deb xabar beradi UPI.com.

Tadqiqot davomida 46754 nafar ishtirokchida yurak-qon tomir kasalliklari paydo bo‘ldi. Ulardan 9987 tasi o‘pka shamollashi bilan, 8534 tasi esa sepsis kasalligi bilan kasalxonaga yotqizildi. Sepsis yoki o‘pka shamollashidan keyingi bir yil ichida yurak-qon tomir kasalliklari 6,33 marta ko‘paygani ma’lum bo‘ldi.

Ikkinchi yil davomida esa xavf 2,47 marta, uchinchi yili 2,12 marta yuqori bo‘ldi. Mutaxassislar natijaga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan gipertoniya, semizlik, jismoniy zaiflik kabi omillarni ham hisobga olishdi.

Mirjalol Madvaliyev tayyorladi.

Yana o‘qing:  Yurak nuqsoni bilan tug‘ilish: sabab nimada?

Chitayte takje:

Dobavit kommentariy

Vash adres email ne budet opublikovan. Obyazatelni’e polya pomecheni’ *

Soobsh’it ob opechatke

Tekst, kotori’y budet otpravlen nashim redaktoram: